Daryo

Andrey Shevchenko: “Ukraina futbolida Timoshukka o‘rin yo‘q”

Ukraina futbol assotsiatsiyasi (UAF) prezidenti Anatoliy Timoshukning Lozannadagi UAF’ga qarshi sudda yutib chiqqaniga izoh berdi

1 daqiqa o‘qish14 426 ko‘rishlar0 izoh0

Ukraina futbol assotsiatsiyasi (UAF) prezidenti Andrey Shevchenko Anatoliy Timoshukning Lozannadagi UAF’ga qarshi sudda yutib chiqqaniga izoh berdi.

Foto: UEFA

– Anatoliy Timoshuk CAS sudida apellyatsiyani yutdi. Bu borada keyingi qadamlaringiz qanday bo‘ladi? Chunki, mening tushunishimcha, oldin qo‘yilgan sanksiyalar bekor qilinishi kerak.  

– Ukraina futbolida Timoshukka o‘rin yo‘q va bo‘lmaydi ham. Bu butun jamiyat, men va hammamizning qat’iy pozitsiyamiz. U CAS sudida apellyatsiyani yutganini biz hal qilganimiz yo‘q. 

Men shuni ayta olamanki, biz uchun u ukrain futbolida mavjud emas va bu men uchun mutlaq aniq masala. Shuning uchun men bu mavzuni ko‘tarishning umuman hojati yo‘q deb hisoblayman, dedi Shevchenko.  

Eslatib o‘tamiz, Lozannadagi Sport arbitraj sudi (CAS) sobiq futbolchi Anatoliy Timoshukning UAF intizom qo‘mitasi qaroriga qarshi bergan apellyatsiyasini qanoatlantirdi.  

45 yoshli “Zenit” murabbiyi Ukraina — Rossiya mojarosi bo‘layotgan pallada rus klubida ishlashni davom ettirgani sababli unga qo‘yilgan sanksiyalarni bekor qilishni talab qilgan edi.

2022-yil mart oyida UAF uni barcha unvonlaridan mahrum qilgan, murabbiylik litsenziyasidan ayirgan va umrbod milliy jamoalar rasmiy reyestridan chiqarib tashlagandi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar