Daryo

Aktyorlar, tadbirkor, hatto sobiq prezident — “Gremmi” mukofotining noodatiy laureatlari

Stiv Jobs vafotidan so‘ng 2012- yilda “Gremmi” mukofoti bilan taqdirlangan

1 daqiqa o‘qish5 850 ko‘rishlar0 izoh0

“Gremmi” haqida gap ketganda, ko‘pchilik mashhur musiqachilar, afsonaviy ijrochilar va xit qo‘shiqlar mualliflarini nazarda tutadi. Biroq turli yillarda sevimli haykalchani nafaqat musiqa sanoati yulduzlari, balki kutilmagan shaxslar ham olishgan. Nima uchun ular mazkur nufuzli mukofotga sazovor bo‘lishgani haqida ma’lumot beramiz.

Mishel Obama

2020-yilda sobiq birinchi xonim o‘zining “Becoming. Mening hikoyam” kitobining audio versiyasi tufayli “Gremmi” mukofotini qo‘lga kiritdi. U “Eng yaxshi so‘zlashuv janridagi albom” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

Martin Skorseze

“Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan rejissyor 2006-yilda “Orqaga yo‘l yo‘q: Bob Dilan” nomli eng yaxshi musiqiy film uchun taqdirlangan.

Bredli Kuper

Aktyor Ledi Gaga bilan Shallow qo‘shig‘ini ijro etgach, u 2019-yilda duet yoki guruhning eng yaxshi pop ijrosi uchun mukofot oldi. Keyinchalik “Yulduz tug‘ildi” filmi bilan mashhur bo‘lgan aktyor film uchun eng yaxshi saundtrek uchun taqdirlandi. Biroq bu hali hammasi emas. 2025-yilda u xuddi shu nominatsiyada yana g‘olib bo‘ldi, ammo bu safar “Maestro” filmining rejissyori sifatida.

Stiv Jobs

O‘zining innovatsion ishlanmalari bilan dunyoga mashhur ixtirochi vafotidan so‘ng 2012- yilda “Gremmi” mukofoti bilan taqdirlangan.

Odri Xepbern

Ko‘pchilik bilmaydi, lekin 1994-yilda aktrisa ham “Gremmi” mukofotiga sazovor bo‘lgan. U “Odri Xepbernning sehrli ertaklari” audiokitobi uchun taqdirlanadi. Aktrisa “Bolalar uchun eng yaxshi so‘zlashuv janridagi albom” nominatsiyasida g‘olib chiqdi.

Barak Obama

“Gremmi” mukofotining kutilmagan laureatlari ro‘yxatiga hatto sobiq prezident ham kiritilgan. 2006 va 2007-yillarda “Otamning orzulari” va “Umid jasorati” kitoblarining audio versiyalari o‘quvchilarga manzur bo‘lganidan so‘ng “Eng yaxshi so‘zlashuv janridagi albom” nominatsiyasida g‘olib chiqqan.

Keyt Uinslet

1999-yilda aktrisa “Hikoyachini tinglang” audiokitobi bilan “Bolalar uchun eng yaxshi so‘zlashuv albomi” nominatsiyasida g‘olib chiqqan.

Xoakin Feniks

San’atkor “Chegarani kesib o‘t” filmi bilan “Vizual mediada eng yaxshi saundtrek” nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan.

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar