Daryo

Liga Kubogi. “Tottenhem” “Liverpul”ning mag‘lubiyatsiz seriyasini tugatdi (video)

Uchrashuv taqdirini yagona gol hal qildi

1 daqiqa o‘qish7 620 ko‘rishlar0 izoh0

Futbol bo‘yicha Angliya Liga Kubogi ikkinchi yarim finalida “Tottenhem” o‘z maydonida “Liverpul”ni qabul qildi.

Uchrashuvni Bergvallning so‘nggi daqiqalardagi goli hal qildi va London klubi g‘alaba qozondi.

Shu tariqa “Liverpul”ning 24 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyasi barham topdi. Slot jamoasi bu mavsumda faqat bir marta — sentyabr oyida “Nottinghem Forest”ga (0:1) yutqazgandi.

Javob bellashuvi 6-fevral kuni “Enfild”da bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, birinchi yarim finalda “Arsenal” o‘z maydonida “Nyukasl”ga (0:2) imkoniyatni boy bergandi. Ushbu juftlikning javob o‘yini 5-fevral kuni o‘tkaziladi.

Angliya Liga Kubogi

Yarim final, birinchi o‘yin

8-yanvar, chorshanba

“Tottenhem” — “Liverpul” 1:0

Gol: 1:0 — Bergvall (85).

“Tottenhem”: Kinski, Spens, Dregushin, Porro, Grey, Bergvall, Bentankur (Jonson, 15), Bissuma, Kulusevski, Son (Verner, 72), Solanke.

“Liverpul”: Alisson, Simikas, van Deyk, Kuansa (Endo, 30), Bredli (Aleksander-Arnold, 60), Mak Allister (Konate, 80), Gravenberh, Jons, Gakpo (Dias, 60), Saloh, Jota (Nunes, 60).

Ogohlantirishlar: Bissuma (32), Bergvall (68).

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar