Daryo

“Liverpul” Salohga o‘rinbosar sifatida “Real” futbolchisini olib keladi

Uning tezligi, driblingi va samaradorligi klub murabbiyi “Enfild”da joriy etishga intilayotgan o‘yin uslubiga juda mos keladi

1 daqiqa o‘qish20 599 ko‘rishlar0 izoh0

“Liverpul” 24 yoshli “Real” vingeri Rodrigo bilan qiziqmoqda. Bu haqda El Nacional xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Rodrigo bosh murabbiy Arne Slot uchun Muhammad Salohga ideal o‘rinbosar bo‘lishi mumkin. Uning tezligi, driblingi va samaradorligi murabbiy “Enfild”da joriy etishga intilayotgan o‘yin uslubiga juda mos keladi. Yoshligi va rivojlanish salohiyati esa uni ingliz klubi uchun uzoq muddatli strategik investitsiya sifatida ko‘rsatmoqda.

Muhammad Salohning shartnomasi yozda yakunlanadi, va misrlik futbolchi yaqinda klub u bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormayotganini ma’lum qildi. Xabarlarga ko‘ra, braziliyalik futbolchi “Liverpul”ning kelasi yozgi transfer oynasidagi ustuvor maqsadlaridan biri bo‘ladi.

Joriy mavsumda Rodrigo 21 o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Transfermarkt portali “qirollik klubi” futbolchisining bozor qiymatini 100 million yevro etib belgilagan.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar