Daryo

Hatto sitrus ham mumkin emas: tomoq og‘riganda nimalarni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi?

Apelsin va limon kabi mevalarning kislotaliligi tufayli tomoqdagi yallig‘lanish xususiyati ortadi

1 daqiqa o‘qish16 801 ko‘rishlar0 izoh0

Afsuski, qish nafaqat Yangi yil bayrami, balki shamollash uchun ham qulay mavsumdir. Ayniqsa, yanvar oyining ilk kunlarida tomoq og‘rig‘i bilan uyg‘onish yangilik emas. Lekin insonlar sevib iste’mol qiladigan bir qancha mahsulotlar tuzalishni sezilarli darajada sekinlashtiradi. Marie Claire nashri tomoqda og‘riq, yo‘tal va qichishish xususiyati bo‘lsa, qaysi mahsulotdan voz kechish kerakligini ma’lum qildi.

Foto: Marie Claire

Qarsildoq gazaklar

Foto: Marie Claire

Chips, kreker va shunga o‘xshash gazaklar qattiqligi tufayli shamollashning noxush alomatlarini oshiradi. Ulardan tiyilishning iloji bo‘lmasa, hech bo‘lmaganda iliq choyga botirib olib, iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Achchiq mahsulotlar

Tomoq og‘riganda ratsiondan barcha achchiq sous va gazaklarni chiqarib tashlash lozim, ular faqat og‘riq va yo‘talni kuchaytiradi.

Sitrus mevalar

Foto: Marie Claire

To‘g‘ri, ular C vitaminiga boy va immunitet tizimini mustahkamlashga yordam beradi. Ammo kislotaliligi tufayli tomoqdagi yallig‘lanish xususiyati ortadi. Agar tomoq og‘rig‘i alomati bo‘lsa, kasallik tuzalguncha limon va apelsin iste’mol qilishni to‘xtatib turgan ma’qul.

Yangi qattiq sabzavotlar

Sabzavotlar, albatta, juda foydali, lekin tomoq og‘rig‘i vaqtida emas, ular ham shilliq qavatni tirnaydi va tuzalishni qiyinlashtiradi. Ularni kasallik vaqtida pishirib, pyure holida iste’mol qilish mumkin.

Qovurilgan taomlar

Foto: Marie Claire

Qovurilgan yeguliklar, masalan, kartoshka fri, tovuq, naggets va boshqalar tomoqda qo‘shimcha yallig‘lanishni keltirib chiqaradi. Shuning uchun kasallik paytida qaynatilgan va dimlangan taomlarga ustunlik berishni unutmaslik lozim.

Soliyeva Sevaraxon Akram qizi. 1996-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2018-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Tarjima nazariyasi va amaliyoti yo‘nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar