Daryo

“Tottenhem” osiyolik futbolchining kelajagi bo‘yicha qaror qildi

Son Hyon Minning Angliya klubi bilan shartnomasi 2025-yilning yozida yakuniga yetadi

1 daqiqa o‘qish10 008 ko‘rishlar0 izoh0

Londonning “Tottenhem” klubi rahbariyati jamoa hujumchisi Son Hyon Min bilan hamkorlikni uzaytirishni istamoqda. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.

Foto: Getty Images

“Shporlar” mehnat shartnomasini yana bir yilga uzaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqadi. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2025-yil yozida yakunlanadi. Joriy mavsumda 32 yoshli koreyalik hujumchi “Tottenhem” safida 20 o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Angliya chempionatining 17-turidan so‘ng “Tottenhem” 23 ochko to‘plab, turnir jadvalida 11-o‘rinni egallab turibdi.

Son Hyon Min Janubiy Koreya safida 131 uchrashuvda qatnashib, 50 bor raqiblar darvozasini  ishg‘ol qilgan. Transfermarkt portali osiyolik futbolchining transfer qiymatini 38 million yevroga baholagan.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar