Daryo

“Sovrinlarga ega chiqish uchun gollar muhim, ammo jamoa – har doim barchasidan ustun” – Mbappe

Kilian klub bilan barcha sovrinlarni yutish niyati borligini aytdi

1 daqiqa o‘qish6 754 ko‘rishlar0 izoh0

“Real Madrid” hujumchisi Kilian Mbappe klub bilan barcha sovrinlarni yutish niyati borligini aytdi.

Foto: Getty Images

Kecha madridliklar Qitʼalararo kubogi finalida “Pachuka”ni 3:0 hisobida mag‘lub etib, chempion bo‘lgandi. Uchrashuvdagi ilk golni fransiyalik hujumchi urgan.

“Futbolda sovrinlar – eng asosiysi. Sovrinlarga ega chiqish uchun gollar muhim, ammo jamoa – har doim barchasidan ustun. Biz juda muhim sovrinni qo‘lga kiritdik. Qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan 7 sovrindan ikkitasiga ega chiqdik. Oradagi tanaffusdan qaytib, Ispaniya Superkubogini yutishga harakat qilamiz. Qolgan sovrinlar ham juda muhim, lekin hozirgi imkoniyatlardan foydalanish kerak. Qolgan beshta sovrinni qo‘lga kiritish uchun ham hozirgidek g‘alabaga chanqoq bo‘lishimiz lozim”, deydi Mbappe.
Foto: Getty Images

“Real Madrid” avgustda Yevropa Superkubogi uchun bahsda “Atalanta”ni 2:0 hisobida mag‘lub etgan o‘yinda ham Kilian gol urgandi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar