Daryo

Instagram: Yulduz Usmonovaga qimmatbaho sovg‘a bergan Botir Qodirov, Mavluda Asalxo‘jayeva oilasida to‘y, ovozsiz qolgan Nilufar Usmonova

Ijtimoiy tarmoqdagi qiziqarli foto va videolar

1 daqiqa o‘qish421 198 ko‘rishlar0 izoh0

Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola qilamiz.

Nilufar Usmonova to‘y xizmatlaridan keyin ovozi yo‘qolib qolgani haqida kuzatuvchilariga so‘zlab berdi.

Turk kinosi yulduzlari Burak O‘zchivit va Fahriye Evjen o‘g‘li Karan bilan Fransiyada hordiq chiqarmoqda. 

Foto: Instagram

Ra’no Shodiyeva navbatdagi tibbiy tekshiruvdan o‘tish uchun Istanbul shahriga jo‘nab ketdi hamda muxlislaridan duo qilishlarini so‘radi.

Xonanda Imron kuzatuvchilariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi. 

Foto: Instagram

Yulduz Turdiyeva ayni paytda ijodiy safar bilan Ozarbayjonda bo‘lib turibdi.

Foto: Instagram

Aktrisa Muyassar Berdiqulova Yangi yil dasturida milliy obrazda ishtirok etmoqda. 

Foto: Instagram

Hamdam Sobirov rafiqasi va qizi bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi. 

Foto: Instagram

Mavluda Asalxo‘jayeva jiyanining to‘yi aks etgan videolarni sahifasiga joyladi. Ushbu to‘yda o‘zbek shou-biznesining eng yorqin vakillari xizmatda bo‘lishdi.

Xonanda Ravshan Komilov onasini 82 yoshga to‘lgani bilan tabrikladi. 

Foto: Instagram

Xonanda Botir Qodirov 12-dekabr kuni tug‘ilgan kunini nishonlagan O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaga Cartier brendiga tegishli qimmatbaho bilakuzuk sovg‘a qildi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar