Comedy Wildlife Awards 2024 fotomukofoti tashkilotchilari g‘oliblarni aniqlandi. “Qushlar”, “Sudralib yuruvchilar”, “Hasharotlar” va “Baliqlar” kabi bir qator toifalarda kulgili vaziyatlarda qolgan jonivorlarning eng yaxshi rasmlari taqdim etildi.

Bu yilgi asosiy mukofotni italiyalik Milko Marketti tomonidan suratga olingan “Tiqilib qolgan olmaxon” deb nomlangan surat oldi. Fotosurat Poder Pantaleone qo‘riqxonasida olingan bo‘lib, muallifning so‘zlariga ko‘ra, u yerda olmaxonlar Italiyaning boshqa ko‘plab mintaqalaridan farqli darajada dadil. Nomidan qat’i nazar, aslida kadrda jonivorning iniga tushayotgan payti ko‘rsatilgan — u umuman tiqilib qolmagan.

Hasharotlar
“Flamandiya beshiktebratari”, Xose Migel Galyego Molina, Ispaniya

Sudralib yuruvchilar va amfibiyalar
“Pufak ichidagi qurbaqa”, Eberxard Emke, Germaniya

Qushlar
“Mo‘ylovli krachka qo‘nayotganda” Damian Petkov, Bolgariya

Baliqlar va boshqa suv jonivorlari
“Kutilmagan rollar almashinuvi”, Pshemislav Yakubchik, Polsha

O‘smirlar o‘rtasida tanlov (16 yoshgacha)
“Bo‘sa olayotgan boyqushlar”, Sarthak Ranganadhan, Hindiston

Yosh fotosuratchilar o‘rtasida (25 yoshgacha) tanlov
“Jilmayayotgan baqa”, Kingston Tem, Gonkong

Tomoshabinlar e’tirofi
“Xotiralarni eslab” Tapani Linnannmyaki, Finlyandiya

Eng yaxshi internet portfoliosi
“Musiqaga raqs tushish, rok-gitara chalish, ahmoqlik, og‘ir narsalarni ko‘tarish”, Flinn Teytanund-Lobb, Buyuk Britaniya

Yuqori baholangan g‘oliblar
“Berkinmachoq” Lesli Maklaud, Kanada

“Sen onam emassan”, Rendi German, AQSH

“Rok yulduzi”, Rendi German, Hindiston

“Mafiya boshlig‘i” Takasi Kubo, Yaponiya

“Kuldirmasang-chi”, Marti Fillips, AQSH









