Daryo

Qozog‘iston prezidenti Tramp bilan telefonda gaplashdi

To‘qayev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari orasida birinchilardan bo‘lib u bilan muloqot qildi

1 daqiqa o‘qish20 244 ko‘rishlar0 izoh0

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 5-dekabr kuni AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqda Akorda matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

To‘qayev suhbat boshida Trampni AQSH prezidenti etib saylanishi munosabati bilan tabrikladi.

“Siyosatchilar savdo, investitsiyalar va yadro qurollarini tarqatmaslik sohalarida strategik hamkorlikni jadal rivojlantirishga bo‘lgan o‘zaro intilishlarini tasdiqladi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, To‘qayev xalqaro kun tartibidagi eng dolzarb masalalar yuzasidan Qozog‘istonning nuqtai nazarini bildirgan. Ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Tramp bilan muntazam aloqada bo‘lishga kelishib olingan.

To‘qayev Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari orasida birinchi bo‘lib AQSHning yangi saylangan prezidenti bilan telefonda gaplashdi.

Donald Tramp 2024-yil 5-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarda g‘alaba qozondi. U AQSHning 47-prezidenti bo‘ladi. Uning qasamyod marosimi 2025-yil 20-yanvarda Vashingtondagi Kapitoliy binosida o‘tkaziladi. Respublikachi noqonuniy migratsiyaga qarshi qat’iy kurash olib borish, AQSHning savdo hamda iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va asosiysi Ukrainadagi urushni lavozimiga kirishgach 24 soatda tugatishga va’da bergan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar