Daryo

APL grandlari “Real” futbolchisini o‘z safida ko‘rmoqchi

Turkiyalik futbolchi o‘yin amaliyoti kamligi bois ispan klubini tark etishi mumkin

1 daqiqa o‘qish9 476 ko‘rishlar0 izoh0

“Real” klubining 19 yoshli vingeri Arda Gyulerga “Arsenal” va “Liverpul” qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Caught Offside xabar qilmoqda.

Foto: Getty Images

Manba bergan ma’lumotga ko‘raa, turkiyalik futbolchi o‘yin amaliyoti kamligi tufayli ispan grandini tark etishi mumkin. “Liverpul” hujumchisi Muhammad Salohning klubdagi kelajagi noaniq bo‘lgan bir sharoitda Gyuler jamoaga foydali bo‘lishi mumkin, deb hisoblamoqda. “Arsenal”19 yoshli futbolchi Bukayo Saka o‘ynayotgan pozitsiyani mustahkamlashiga ishonmoqda.

Joriy mavsumda Gyuler barcha turnirlarda 11 ta o‘yinda qatnashdi, ammo samarali statistika qayd etmadi. Futbolchining klub bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2029-yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 45 million yevroni tashkil qiladi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar