Daryo

Gollivudning mashhur aktrisalari va ularning dublyorlari (foto) 

“Garri Potter va ajal tuhfalari”da Emma Uotsonga bir vaqtning o‘zida uchta dublyor kerak bo‘lgan

2 daqiqa o‘qish42 387 ko‘rishlar0 izoh0

Mazkur taniqli aktrisalar filmdagi rollariga qarab ikkita, ba’zan esa uchtagacha dublyorlar xizmatidan foydalanishlari mumkin.

Sofi Tyorner va Lora Jeyn Batler

Sofi Tyorner dastlab “Taxtlar o‘yini” seriali orqali katta shuhrat qozondi, so‘ngra “X-odamlar: qora Feniks” va “X-odamlar: apokalipsis” filmlari bilan o‘z muvaffaqiyatini mustahkamladi. Lora Jeyn Batler uning dublyori bo‘lgan, biroq uning vazifasi faqat shu bilan cheklangan, tryuklarni esa boshqa odam bajargan.

Karen Gillan

Karen Gillan uchun “Jumanji” filmini suratga olishda ikki nafar dublyor zarur bo‘lgan. Gap shundaki, ba’zan dublyor kaskadyor vazifasini bajara olmaydi. Shu bois qo‘shimcha shaxs kaskadyor sifatida jalb etiladi. U barcha xavfli harakatlarni bajarib, kamera oldida yuzini ko‘rsatmaydi. Dublyor esa ma’lum bir aktyorga juda o‘xshash bo‘lgan rakurslardagina ko‘rinishi mumkin.

Melissa Makbrayd va Karin Jastman

“Murdalar” filmida Melissa Makbrayd qo‘rqoq ayoldan haqiqiy robotga aylanadigan Kerol rolini o‘ynaydi. Karin Jastman 2002-yilda o‘z faoliyatini boshlagan va shu vaqt ichida “Daho” va “O‘g‘irlangan” seriallarida Melissa Makbrayd bilan birga ishlagan.

Skarlett Yoxansson va Haydi Manimeyker

Dastlab Natasha Romanoff roliga Emili Blant da’vogar edi, ammo u “Gulliverning sayohatlari” ijodkorlari bilan shartnoma tuzgani sababli bu rolni rad etishga majbur bo‘ladi. Emili hatto o‘z qaroridan pushaymon ekanini va Marvel’ning biror filmida rol o‘ynashi mumkin bo‘lgan paytni kutayotganini tan oladi. Agar rolga Blant tasdiqlanganida bosh aktrisaning dublyori sifatida Skarlett Yoxanssonga yordam bergan Haydi Manimeyker tanlanmasdi.

Riz Uizerspun va Meri Lessli

Riz Uizerspun — dublyor faqat jangari filmlarda suratga tushadiganlar uchun emasligining ajoyib namunasidir. Rizning deyarli butun karyerasi komediyalar, romantik filmlar, melodramalar bilan bog‘liq. Agar aktrisa suratga olish maydoniga yetib kelolmagan yoki allaqachon ketgan bo‘lsa, shunday paytlarda dublyorlar kerak bo‘ladi. Bunda dublyor bilan personajning chalqancha yotgani, uzoqda yoki qorong‘idagi holati kabi kadrlar suratga olinadi.

Gal Gadot va Keytlin Berlz

Gal Gadot singari Keytlin Berlz ham model bo‘lgan, keyinchalik hayotini kino bilan bog‘lagan. Keytlin Galning dublyori bo‘lishidan tashqari, “Mo‘jizakor ayol” va “Adolat ligasi” filmlarida ham kichik rollarni o‘ynagan. Shu bilan birga, Flash to‘g‘ridan to‘g‘ri Dianaga yiqilib, boshi kerak bo‘lmagan joyga tegib ketgan sahnada ishtirok etishdan bosh tortgan Berlz o‘z ishini yo‘qotishiga oz qoladi. Avvaliga bu sahnadan Gadotning o‘zi bosh tortadi, keyin esa Berlz ham. Ammo rejissyor Joss Uidon Galga bosim o‘tkaza olmagan bo‘lsa ham Keytlinni ishdan bo‘shatish bilan tahdid qiladi va u rozi bo‘lishga majbur bo‘ladi.

Emma Uotson

“Ajal tuhfalari”ning birinchi qismida Emma Uotsonga bir vaqtning o‘zida uchta dublyor kerak bo‘lgan, garchi bungacha ikki kishi ishlagan bo‘lsa-da. Qizig‘i shundaki, bundan biroz oldin Emma universitetda o‘qish uchun Germiona rolidan ketmoqchi bo‘lgan edi, ammo film ijodkorlari uni filmni tugatishga ko‘ndirishadi.

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar