Daryo

Karlo Anchelotti: Barchamiz mas’uliyatni bo‘ynimizga olishimiz shart 

“Real” bosh murabbiyi “Milan”ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi

1 daqiqa o‘qish8 810 ko‘rishlar0 izoh0

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining 4-turida “Real” “Milan”ga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Foto: Getty Images

Madridliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z mulohazalarini bildirib o‘tdi.

“Mening ishim bilan bog‘liq shubha? Menimcha, bu normal holat. Jamoa o‘zining eng yaxshi formasiga yetmadi va bunda hammamiz aybdormiz.

Barchamiz mas’uliyatni bo‘ynimizga olishimiz lozim. Chunki g‘alabada ham xuddi shunday qilamiz. Hozir kurashadigan payt. Bunday holatlar esa bizning yanada kuchli bo‘lishimizga sababchi bo‘ladi”, — Anchelottining so‘zlaridan iqtibos keltiradi AS.

Ayni damda “Real” Chempionlar Ligasining jadvalida 6 ochko bilan 17-o‘rinda bormoqda. “Milan” esa xuddi shuncha ochko bilan 18-pog‘onani band etgan.

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar