Daryo

Kiyev AQSHdan kelgan dronlarning sifatidan shikoyat qildi — WSJ

Ukraina rasmiylari qurilmalar bilan bog‘liq bir qator nosozliklarni qayd etdi

1 daqiqa o‘qish7 022 ko‘rishlar0 izoh0

Ukraina rasmiylari AQSH tomonidan Ukraina armiyasiga taqdim etilgan dronlar ishlamay qolayotganidan va ularning aksariyati radioelektron urush vositalarini yengib chiqa olmasligidan shikoyat qildi. Bu haqda The Wall Street Journal (WSJ) xabar berdi.

Foto: Getty Images

Rasmiylar, shuningdek, qurilmalar havoga ko‘tarilishida qiyinchiliklar kuzatilayotganini qo‘shimcha qilgan.

“Radioelektron urushlar ta’sirida Ukrainaga yetkazilgan aksariyat Amerika dronlari o‘z yo‘nalishidan chiqib ketgan, qulagan yoki hatto havoga ko‘tarilishda qiynalgan. Ukraina rasmiylariga ko‘ra, ular tez-tez nosozliklarga uchragan, ishlashi qiyin va qimmat bo‘lgan”, deb yozadi nashr.

Avvalroq Ukrainaning Kyiv Independent nashri ukrainalik jurnalistlar Ukraina Qurolli kuchlari dronlarining Xarkov viloyatida Rossiyaning radioelektron urushi oldida ojiz ekaniga ishonch hosil qilganini qayd etgandi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar