Daryo

Qirg‘iziston madhiyasi qayta yoziladi

Parlament spikeri buni madhiya Sovet Ittifoqi tarkibidan chiqqach qabul qilingani, hozir mamlakat oyoqqa turgani bilan izohladi

1 daqiqa o‘qish16 746 ko‘rishlar0 izoh0

Qirg‘izistonda parlament spikeri Nurlanbek Shakiyev mamlakat madhiyasi qayta yozilishini ma’lum qildi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.

Foto: “Ozodlik” radiosi
Biz hozirgi madhiyamizni Sovet Ittifoqi tarkibidan chiqqanimizdan so‘ng qabul qilgan edik. Hozir biz oyoqqa turgan va taraqqiyot yo‘lidan borayotgan davlatmiz. Shuning uchun madhiyamizni o‘zgartirishimiz lozim. U shunday bo‘lishi kerakki, hamma kuylasin, dedi Nurlanbek Shakiyev.

Qirg‘iziston davlat madhiyasi 1992-yil 18-dekabrda Qirg‘iziston Oliy Kengashining qarori bilan tasdiqlangan. Dastlab u uchta band va naqarotdan iborat bo‘lgan, ammo 2012-yil 27-dekabrda Jogorku Keneshning qarori bilan ikkinchi band chiqarib tashlangan.

2023-yil dekabr oyida Qirg‘iziston davlat bayrog‘i rasman o‘zgartirilgandi. Jumladan, bayroqdagi quyosh nurlarining to‘lqinsimon shakli to‘g‘ri chiziqqa o‘zgartirilgan. Tegishli tashabbus prezident Sadir Japarov tomonidan ilgari surilgandi. U va o‘zgarish tarafdorlari bayroq markazidagi quyosh nurlari to‘lqinsimon bo‘lgani sababli “odamlarni chalg‘itishi, jumladan, kungaboqar guliga o‘xshab qolayotgani”ni aytgandi. 

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_moObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar