Daryo

“Manchester Siti” mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha o‘z rekordini yangiladi 

APLning 8-turida “shaharliklar” “Vulverhempton”ni mag‘lub etdi

1 daqiqa o‘qish7 140 ko‘rishlar0 izoh0

Futbol bo‘yicha APLning 8-turida “Manchester Siti” “Vulverhempton”ni mag‘lub etdi va o‘z rekordini yangiladi.

Foto: Getty Images

Premyer Liga bellashuvining so‘nggi uchrashuvida “shaharliklar” 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu g‘alabadan so‘ng Gvardiola shogirdlarining mag‘lubiyatsiz seriyasi 31 ta o‘yinga yetib, 2018-yilda o‘rnatilgan klub rekordini (30) yangilashdi. 

Klub oxirgi marta 2023-yilning 6-dekabrida safarda “Aston Villa”ga (0:1) mag‘lub bo‘lgan edi. 

Ma’lumot uchun, APLda ikkinchi o‘rinda borayotgan “Siti” keyingi turda 26-oktyabr kuni “Sauthempton” bilan uchrashadi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar