Daryo

Legionerlar. “Lans” va “SSKA” g‘alaba qozongan bahslarda o‘zbekistonlik futbolchilar qanday baholandi?

Uchrashuvlarda Abduqodir Husanov va Abbosbek Fayzullayev asosiy tarkibda maydonga tushdi va jamoalari g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shdi

2 daqiqa o‘qish49 380 ko‘rishlar0 izoh0

Futbol bo‘yicha Fransiya va Rossiya chempionatlarida navbatdagi tur bahslari bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

8-tur bahsida “Lans” safarda “Sent-Eten” bilan o‘ynadi va muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
Abduqodir Husanov o‘yinni asosiy tarkibda boshlab, to‘liq to‘p surdi. Ushbu g‘alabadan so‘ng “Lans” jamoasining ochkolar soni 14 ta yetdi va ular 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Foto: Sofascore

Bu safar Abduqodir Husanov himoyada ishonchli harakat qilish bilan birga o‘ng qanotda hujumlarda ham faol ishtirok etdi. Sofascore nashri uning o‘yinini 7,5 ballga baholadi. Ushbu bahsda qatnashgan so‘nggi himoyachi Danso va gol muallifi Kulusevski undan ko‘proq ball olgan. Bu borada Husanov — uchinchi.

Foto: “SSKA” fk

Rossiya Premyer Ligasining 12-turi doirasida “SSKA” Maxachqal’aga safar qildi.

“Dinamo”ga qarshi o‘yinda Temirlan Musayev tomonidan kiritilgan yagona gol Moskva klubiga g‘alaba keltirdi. Ushbu bahsda Abbosbek Fayzullayev 70 daqiqa harakat qildi.

G‘alabadan so‘ng “SSKA” 23 ochko to‘pladi va turnir jadvalida 4-o‘rinda bormoqda.

Foto: Sofascore

Ushbu o‘yinda mehmonlar asosan o‘ng qanotdan hujum qildi va himoyaga ko‘proq e’tibor qaratdi. Sofascore nashri Abbosbek Fayzullayevning o‘yiniga 6,9 ball berdi.

Fransiya chempionati

8-tur

19-oktyabr, shanba

“Sent-Eten” — “Lans” 0:2

Gollar: 0:1 – 20 Frankovski, 0:2 – 79 Labo-Laskari.

“Sent-Eten”: Larsonner, Petro, Nade, Abdelxamid (Batubinsika, 82), Appia, Amugu (Boaki, 68), Ekva, Mueffek (Bushuari, 68), Kafaro (Muton, 68), Davitashvili, Sissoko (Stassen, 74).

“Lans”: Samba, Medina (Sarr, 73), Danzo, Abduqodir Husanov, Fyuljeni (Mendi, 73), Sotoka (Said, 90), Chaves (Puyi, 90), Diuf, Tomasson, Frankovski, Nzola (Labo-Laskari, 64).

Ogohlantirishlar: Medina (31), Nzola (56), Amugu (61).

RPL

12-tur

19-oktyabr, shanba

“Dinamo” — “SSKA” 0:1

Gol: 0:1 – 56 Musayev.

Dinamo: Maxachqal’a – Volk, Tabidze, Shumaxov, Palsev, Djapo (Serderov, 78), Kagermazov, Glushkov (Zinovich, 80), Mrezigu, Kasintura, Agalarov (Xosseynnejad, 78), Gadjiyev (Magomedov, 71).

“SSKA”: Akinfeyev, Moyzes, Villian, Diveyev, Kislyak (Pyanich, 71), Zdelar, Krugovoy, Xelven, Fayzullayev (Guarirapa, 70), Oblyakov, Musayev.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar