Daryo

Yevropa futbol klublari FIFPro bilan hamkorlikda FIFA’ni sudga berdi

Ular tashkilot ustidan monapoliyaga qarshi organga shikoyat qildi

1 daqiqa o‘qish4 768 ko‘rishlar0 izoh0

Yevropa futbol klublari va FIFPro (professional futbolchilar vakillarini birlashtirgan global tashkilot) rahbarlari birlashib, FIFA rahbariyati ustidan monopoliyaga qarshi organga shikoyat qildi.

Foto: Getty Images

Manbaga ko‘ra, FIFPro va Yevropaning 37 ligasi birgalikda Bryusseldagi Yevrokomissiyaga shikoyat arizasi bilan murojaat qilgan, unda ular jahon futbolining boshqaruv organi FIFA turnir tashkilotchisi sifatida o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilayotgani va futbolchilarning salomatligi haqida qayg‘urmasligini da’vo qilgan. Bu ish mehnat qonunlari va futbolchilarning dam olish huquqiga zid. Uyushmaning maqsadlaridan biri o‘yinchilarni sog‘lomlashtirish uchun majburiy dam olish davrini — yiliga 3-4 hafta qilib belgilashdir.

Ma’lumot uchun, so‘nggi oylarda tig‘iz futbol taqvimi mavzusi juda keskin fikrlar bildirilmoqda. O‘tgan oy “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodri o‘yinchilar bu muammo sabab ish tashlashga yaqin turganini aytgan edi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar