Daryo

Pol Pogbaga qiziqish bildirayotgan klub nomi ma’lum bo‘ldi

31 yoshli fransiyalik futbolchi Italiya klubi bilan shartnomani bekor qilish borasida kelishib olgan

1 daqiqa o‘qish15 671 ko‘rishlar0 izoh0

Amerikaning Los-Anjeles klubi “Yuventus” yarim himoyachisi Pol Pogbaga qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi insayder Nikolo Skira o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida.

Foto: Getty Images

Avvalroq 31 yoshli fransiyalik futbolchi Italiya klubi bilan shartnomani bekor qilish borasida kelishib olishi va erkin agentga aylanishi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.

O‘tgan yilning avgust oyida Pogba doping-testdan ijobiy o‘tdi. 29-fevral kuni antidoping mahkamasi yarim himoyachini 4 yilga diskvalifikatsiya qilish qarorini tasdiqlagandi. Sud Pogbaning chetlatilishi haqida qarorni e’lon qilgach, sportchi shikoyat arizasini kiritdi. Sport arbitraj sudi (CAS) diskvalifikatsiya muddatini 18 oygacha qisqartirishga qaror qildi.

Ma’lumot uchun, Pogba Fransiya terma jamoasi bilan Jahon chempioni bo’lgan. Yevropa chempionatida terma bilan kumush medaliga ega chiqqan. Futbolchi Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi safida ham faoliyat yuritgan.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar