Daryo

Qirg‘izistonlik deputat xorijga olib ketilgan 720 jasadni mamlakatga qaytarishni so‘radi

Deputatga ko‘ra, jasadlaring 27 tasi 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga tegishli, shuningdek, 70 tonna inson organlari ham xorijga jo‘natilgan

1 daqiqa o‘qish34 622 ko‘rishlar0 izoh0

Qirg‘izistonning “Eldik” deputatlar guruhi va “Alyans” fraksiyasi yig‘ilishida deputat Oqbo‘qon Tashtanbekov ko‘p yillar avval Qirg‘iziston Tibbiyot akademiyasida Germaniya plastinatsiya markazi faoliyat ko‘rsatgani, bu markaz mamlakatdan 720 ta jasadni olib ketganini ma’lum qildi.

Foto: “perm.ritual.ru”

Uning so‘zlariga ko‘ra, jasadlarning 27 tasi 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga tegishli bo‘lgan, shuningdek, 70 tonna inson organlari ham xorijga jo‘natilgan.

Jasadlar vaqtincha olib ketilgani aytilgan, biroq xalq deputatining so‘zlariga ko‘ra, ular hanuzgacha qaytarilmagan va xorijiy davlatlar muzeylarida eksponat sifatida foydalanilmoqda.

 Tashtanbekovning ta’kidlashicha, mamlakat xalqaro sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, jasadlarni dafn qilish uchun qaytarishi kerak. Ular orasida dramaturg va oqinlarning jasadlari borligini qo‘shimcha qilgan.

Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vaziri Alimqodir Beyshenaliev parlamentariya iltimosiga ko‘ra plastinatsiya markazi yopilganini va hozirda plastinatsiya uchun organlar oliy o‘quv yurtlariga xorijdan olib kelinayotganini aytgan.

Mulozimning qayd etishicha, olib ketilgan jasadlar bo‘yicha tergov huquq-tartibot idoralari tomonidan olib borilgan. Jasadlarni olib ketishga ruxsat berganlarning ko‘pchiligi jazolangan.

Telegram kanal@daryo_moObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar