Daryo

Turk kinosi yulduzlari mashhurlikka erishishdan avval suratga tushgan 5 ta serial

Har ikkinchi turk aktyori yoki aktrisasi o‘z faoliyatini “Muhtasham yuz yil” serialidan boshlagan, deb aytishadi

2 daqiqa o‘qish78 385 ko‘rishlar0 izoh0

Turkiya qiziqarli va yuqori sifatli seriallari tufayli boshqa xorijiy mamlakatlarda ham tanilgan. Kino tanqidchilar ushbu mamlakat kinosining dunyo sahnasida katta kelajagi bor, deb aytadi, chunki iste’dodli turk aktyor va aktrisalarining safi kengayib bormoqda. Shuning uchun quyida ulardan bir qanchasi mashhur bo‘lgunga qadar ishtirok etgan 5 ta serialni ko‘rib chiqishga qaror qildik.

“Muhtasham yuz yil” (2011-2014)

Foto: Dzen

Bejizga har ikkinchi turk aktyori yoki aktrisasi o‘z faoliyatini “Muhtasham yuz yil” serialidan boshlagan, deb aytishmaydi. Chunki loyiha uzoq vaqt davom etadigan 4 fasldan iborat bo‘lib, yuzdan ortiq aktyorlar ishtirok etgan. Karyerasini “Muhtasham yuz yil” serialidan boshlaganlar orasida Meryem Uzerli, Selma Ergech, Selim Bayraktar, Engin Ozturk, Ezgi Eyubo‘g‘lu, Burju O‘zberek, Tolga Saritash va boshqalar bor.

Foto: Dzen

“Qirg‘oq” (2013-2015)

Foto: Dzen

“Qirg‘oq” seriali 2013—2015-yillarda namoyish etilgan. Unda bosh qahramonlar rolini Chag‘atay Ulusoy va Serenay Sarikaya gavdalantirgan. Loyiha 77 qismdan iborat. Bu serialni haqli ravishda afsonaviy deb atash mumkin, chunki unda juda ko‘p iste’dodli aktyorlar ishtirok etgan. Melodramaning suratga olish jarayonlari Marmara dengizi bo‘yida joylashgan Istanbul hududida bo‘lib o‘tgan.

Foto: Dzen

Taner Olmez, Hazar Erjuglu, Miray Daner, Merich Aral, Chaglar Ertugrul kabi aktyorlar kino sanoatiga birinchi qadamni aynan shu serialdan qo‘ygan.

“Kurt Seit va Aleksandra” (2014)

Foto: Dzen

Ajoyib turk serialida bosh rolni “Taqiqlangan sevgi” dagi obrazi bilan tanilgan Kivanch Tatlitug, “Bebaho vaqt” orqali mashhur bo‘lgan Farah Zeynep Abdulla kabilar o‘ynagan. Shuningdek, serialda aktyorlik faoliyatini endi boshlagan Demet Ozdemir, Elchin Sangu, Melisa Asli Pamuk, Birkan Sokkulu kabilar ham ishtirok etgan. Unda inqilob yillarida Rossiya imperiyasidan kelgan muhojirlarning taqdiri haqida hikoya qilinadi.

Foto: Dzen

“Qora gul” (2013-2016)

Foto: Dzen

4 fasldan iborat mazkur serial 2013-yildan 2016-yilgacha efirga uzatilgan. “Qora gul” klassik turk dramasi hisoblanadi va unda Turkiya qishloqlaridan biridagi katta oila hayoti va munosabatlari aks ettirilgan. 125 qism davomida fitnalar, fosh etish va tan olish kabi holatlar kuzatiladi.

Foto: Dzen

Serialda yoshi katta va taniqli aktyorlardan O‘zjan Deniz, Sherif Sezer, Eje Uslu kabi mashhurlar ishtirok etgan. “Qora gul” serialida aktyorlardan Hilal Altinbilek, Mert Yazichio‘g‘lu, Sevda Erginji, Aycha Ayshin Turan, Ilayda Chevik, Burak Chelik kabilar debyut qilgan.

“Kichkina yolg‘onchilar” (2015)

Foto: Dzen

Past reyting tufayli atigi 13-qismdan so‘ng serial yopilgan, lekin ko‘pchilik aktyorlar ushbu loyihadan so‘ng boshqa loyihalar uchun taklif olgan. Burak Deniz, Bushra Develi, Alperen Duymaz, Melisa Shenolsun, Dilan Chichek Deniz, Bensu Soral, Deniz Jan Aktash, Ozan Dolunay va O‘zge Ozajar kabi aktyor va aktrisalar ushbu serialda o‘z faoliyatini boshlagan.

Foto: Dzen

Soliyeva Sevaraxon Akram qizi. 1996-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2018-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Tarjima nazariyasi va amaliyoti yo‘nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar