Daryo

Aleksandr Xomyakov: “Bu biz uchun tarixiy final”

“Andijon” bosh murabbiyi final oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi

2 daqiqa o‘qish9 950 ko‘rishlar0 izoh0

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi finali doirasidagi “Navbahor”— “Andijon” uchrashuvi oldidan Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida matbuot anjumani o‘tkazildi. “Andijon” bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov final haqida fikrlarini bildirdi.

Foto: “Daryo” / Oqilxon Mamajonov
“Finalni intizorlik bilan kutyapmiz. Juda katta muxlislar armiyasi bizdan nima kutayotganini yaxshi anglab turibmiz. Ularning ishonchini oqlash uchun bor imkoniyatimizni sarflaymiz. Hal qiluvchi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqt yetarli bo‘ldi. Umid qilamanki, biz barcha ishlanmalar ustida tayyorgarlik olib bordik. Muxlislar va o‘zimizni xursand etish uchun o‘yinni intizorlik bilan kutyapmiz”, dedi murabbiy.
Foto: “Daryo” / Oqilxon Mamajonov

Bundan tashqari, murabbiy jamoaning anchadan beri g‘alaba qozona olmayotgani va finalda nimaning evaziga raqibin mag‘lub etishi mumkinligi haqidagi savollarga javob berdi.

“Ha, g‘alabalar borasida bizda muammo bor, jamoa ancha vaqtdan buyon yuta olmayapti. Ammo Superligadan ko‘ra, kubok boshqacha o‘yin. Bu final biz uchun juda muhim. Shu bois, o‘yingacha jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik, aksariyatimiz uchun bu ilk final. Bu yerda ko‘proq hissiyotlar, jamoaning ruhiy tayyorgarligi hal qiladi.

“Navbahor” bizga nisbatan tajribali jamoa, ular o‘tgan mavsumlarda Osiyo Chempionlar Ligasida to‘p surdi, kubok finallarida to‘p surgan. Ammo biz ko‘zlayotgan va umid qilayotgan jihatlar bor. Shunday ekan, tajribasizlik finalda bizning o‘yinimizga ta’sir qilib, pand beradi, deb o‘ylamayman”, dedi Xomyakov.

Foto: “Daryo” / Oqilxon Mamajonov

Murabbiy futbolchilarning tayyorgarligi va Farg‘onadag maydon haqida ham o‘z fikrini bildirdi.

“O‘yinda 23 nafar o‘yinchi tayyorgarlik ko‘rdi va ularning barchasi bu bahsga tayyor. Abdumannonov masalasiga keladigan bo‘lsak, faqat uning emas, hamma o‘yinchilarda pasayish bo‘lib turadi. Bir maromda o‘ynash qiyin. O‘ylaymanki, undagi pasayish davri o‘tdi va ertaga u ham o‘z o‘yinini ko‘rsatadi deb o‘ylayman.

Farg‘onadagi stadion jamoaga qanday ta’sir qilishi mumkin? Ha, biz o‘tgan mavsumning yarmini bu yerda o‘tkazganmiz. Ammo bu jihat qandaydir ta’sir qiladi, deb o‘ylamayman.

Hujumkor o‘ynaymizmi? Ikki jamoa ham raqibining kuchsiz jihatlaridan foydalanishga intiladi. Kim kamroq xato qilsa, o‘sha yutadi”, dedi jamoa bosh murabbiyi.

Bugun, 4-oktyabr kuni “Andijon” klubi Farg‘onadagi stadionda final oldidan so‘nggi rasmiy mashg‘ulotlarini ham o‘tkazdi.

Foto: “Daryo” / Oqilxon Mamajonov
Foto: “Daryo” / Oqilxon Mamajonov
Foto: “Daryo” / Oqilxon Mamajonov
Foto: “Daryo” / Oqilxon Mamajonov
Foto: “Daryo” / Oqilxon Mamajonov
Foto: “Daryo” / Oqilxon Mamajonov
Foto: “Daryo” / Oqilxon Mamajonov
Foto: “Daryo” / Oqilxon Mamajonov
Foto: “Daryo” / Oqilxon Mamajonov
Foto: “Daryo” / Oqilxon Mamajonov

Ma’lumot uchun, final 5-oktyabr kuni Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida bo‘lib o‘tadi. Bahs soat 17:00 da boshlanadi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar