Daryo

Nepotizm yoki iste’dod? Bitta sohada faoliyat yuritadigan Gollivud yulduzlari 

Jonni Deppning kichik qizi ham xuddi boshqa yulduzlar singari sulolani davom ettirdi

3 daqiqa o‘qish23 179 ko‘rishlar0 izoh0

Shou-biznesda iste’dodning nasldan naslga o‘tishining ko‘plab misollari mavjud. Bolalar ota-onalarining izidan borib, kino sohasiga qiziqib qolgan mashhur sulolalar haqida ma’lumot beramiz.

Sindi Krouford va Kayya Gerber

80-90-yillarning eng mashhur modellardan biri Sindi Krouford hali ham go‘zal ko‘rinishda, go‘yoki vaqt unga ta’sir qilmaganday. Qizi Kayya Gerber ham bugungi kunning eng mashhur modellardan biriga aylandi. Qiz 10 yoshida ilk bor podiumga chiqqan va shundan beri yirik xalqaro brendlar tomonidan juda talabgir. Kayya onasidan tashqi ko‘rinish bilan birga iste’dod va xarizmani ham meros qilib olgan.

Mixayel va Mik Shumaxer

Mixayel Shumaxer — mashhur nemis avtopoygachisi, ko‘p bor rekordlar o‘rnatgan va “Formula-1” chempioni. Uni ushbu sport tarixidagi eng muvaffaqiyatli poygachi deb hisoblashadi. Mixayel o‘g‘li Mik uchun ajoyib o‘rnak bo‘lgan. Poygachining o‘g‘li 2018-yilda Yevropa “Formula-3” va 2020-yilda “Formula-2” chempioni bo‘lgan. 2024-yilda esa u Alpine World Endurance Hypercar Team jamoasiga qo‘shiladi.

Qizig‘i, Mixayelning ukasi va Mikning amakisi Ralf Shumaxer ham avtopoygachi. Shuningdek, Mikning amakivachchasi Devid Shumaxer ham poyga bilan shug‘ullanadi. 

Billi Rey va Mayli Sayrus 

Mayli Sayrus — musiqachi va aktyor Billi Rey Sayrusning qizi ekanini muxlislar ko‘p yillar avval “Hanna Montana” seriali orqali bilib olishgan. Serialda ular o‘zlarini o‘ynashgan va duet bo‘lib qo‘shiq kuylashgan. Ularning qo‘shiqlari serial saundtrekiga aylangan.

Billi Rey qiziga shou-biznesda o‘rnini topishida yordam bergan. U Mayli uchun qo‘shiqlar yozgan. Natijada “Hanna Montana” seriali kastingiga kelgan qizning repertuari ajoyib bo‘lgan. Mayli ham otasi singari aktyorlik va musiqaga iste’dodi bor edi. Yangi yulduz serialda suratga tushish bilan bir vaqtda qo‘shiqlar yozgan. Hozir esa u mustaqil ijod qiladi.

Jonni Depp, Vanessa Paradi va Lili Rouz Depp

Jonni Deppning qizi bo‘lgani uchun yosh aktrisa Lili-Rouzga ko‘pincha “nepo-beybi” degan nom berishgan. Bu u o‘z muvaffaqiyatini mustaqil emas, balki mashhur otasi tufayli qo‘lga kiritgan degani. Uning onasi Vanessa Paradi ham aktrisa. Ammo bu Lili-Rouzning karyerasini ota-onasi qurib bergan deb o‘ylash uchun asos emas. Qiz umr bo‘yi o‘ziga munosib o‘rnaklarni ko‘rib ulg‘aygan va ularga ergashishga qaror qilgan. Deppning kichik qizi shunchaki sulolani davom ettirdi — xuddi boshqa yulduzlar singari.

Beyonse, Jay-Z va Blu Ayvi Karter

Muxlislarning aytishicha, yaqin kelajakda Blu Ayvi Karter ham mashhur ota-onasi Beyonse va Jay-Z kabi megayulduzga aylanadi. Qizaloq yoshligidan katta sahna nimaligini biladi. Hozir u bor-yo‘g‘i 12 yoshda, lekin allaqachon qirolicha Bi bilan birga chiqishlar qilmoqda. Blu Ayvi musiqada ham o‘zini sinab ko‘rgan — 2019-yilda u “Qirol sher” filmi uchun saundtrek yaratib, Soul Train Awards mukofotiga sazovor bo‘ldi. O‘sha paytda qizcha ota-onasi bilan birga “Brown Skin Girl” qo‘shig‘ini yozishgan, bu ularning oilaviy yutug‘iga aylangan.

Kanye va Nort Uest

Kim Kardashyan va Kanye Uestning 11 yoshli qizi Nort Uest ko‘p qirrali qiz. U ajoyib suratlar chizadi, makiyaj qilishni biladi va o‘zini blogerlikda sinab ko‘rmoqda. Yaqinda uning qiziqishlari yanada kengaydi — qiz otasidan ilhomlanib, musiqaga qo‘l urdi. Mart oyida qizaloq o‘zining “Elementary School Dropout” deb nomlangan debyut albomini e’lon qildi. Uning birinchi singli esa Kanye va Ty Dolla $ign bilan birgalikda yozilgan “Talking / Once Again” qo‘shig‘i bo‘ldi.

Shubhasiz, Nortning barcha ishlarida otasi unga yordam berib, unga prodyuserlik qilmoqda. Boshqalar yosh yulduzni “nepo-beybi” deb atashi mumkin, lekin Nort bunga e’tibor bermaydi. 

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar