Daryo

APLda sentyabr oyining eng yaxshilari nomiga da’vogarlar e’lon qilindi 

Oyning eng yaxshi murabbiyi va eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun so‘rovnoma boshlandi

1 daqiqa o‘qish6 283 ko‘rishlar0 izoh0

Angliya Premyer Ligasida sentyabr oyining eng yaxshisi nomiga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi.

Oyning eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun 5 nafar murabbiy nomzodi e’lon qilindi: Mikel Arteta (“Arsenal”, 2 ta g‘alaba va bitta durang), Unai Emeri (“Aston Villa”, 2 ta g‘alaba va bitta durang), Enso Mareska (“Chelsi”, 3 ta g‘alaba, bitta durang), Marku Silva (“Fulhem”, 2 ta g‘alaba va bitta durang). 

Shuningdek, oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun 8 nafar o‘yinchi kurash olib boradi:

  • Harvi Barns (“Nyukasl”) – 3 ta gol;
  • Luis Dias (“Liverpul”) – 4 ta gol;
  • Gabriel Magalyaesh (“Arsenal”) – Bitta quruq o‘yin;
  • Rayan Gravenberx (“Liverpul”) – 231 ta aniq uzatma;
  • Raul Ximenes (“Fulhem”) – 3 ta gol;
  • Duayt Maknil (“Everton”) – 3 ta gol, 1 ta assist;
  • Koul Palmer (“Chelsi”) – 5 ta gol, 1 ta assist;
  • Olli Uotkins (“Aston Villa”) – 4 ta gol, 1 ta assist. 

G‘olib nomi 7-oktyabr kuni qilinadi. 

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar