Daryo

Mayk Tayson: Krouford Madrimov bilan jang qilmasligi kerak edi

Boks afsonasi Terens Kroufordning janglari haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi

1 daqiqa o‘qish104 110 ko‘rishlar0 izoh0

Boks afsonasi Mayk Tayson vatandoshi Terens Krouford Saul Alvaresga qarshi jang qilishi kerak emas deb hisoblaydi.

“Menga bu jang yoqmayapti. Bu Terens uchun juda katta vazn hisoblanadi. Terens Isroil Madrimovga qarshi teng jang qildi, chunki u katta va noqulay raqibdek ko‘ringandi. Aslida Terens Madrimov bilan jang qilmasligi kerak edi”, — deydi Tayson.

Eslatib o‘tamiz, Madrimovning Terens Kroufordga qarshi jangi 4-avgust kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tgandi. Jang amerikalik bokschining ochkolar hisobiga (115-113, 115-113, 116-112) ko‘ra g‘alabasi bilan yakunlangan edi. 

Mayk Taysonning bloger Jeyk Polga qarshi jangi 15-noyabr kuni AQShning Arlington shahridagi A&T arenasida bo‘lib o‘tadi.

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar