Daryo

Qozog‘istonda 10 ta magnit yutib yuborgan bola vafot etdi

Holat yuzasidan shifokorlarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

1 daqiqa o‘qish18 109 ko‘rishlar0 izoh0

Qozog‘istonning Qo‘stanay viloyatida 10 ta magnit yutib yuborgan uch yashar bola vafot etdi. Bu haqda “Orda.kz” xabar berdi.

Illyustrativ foto: “pixabay.com”

Ma’lum qilinishicha, hodisa iyul oyi boshida Rudniy shahrida kuzatilgan. Uni bolalar shifoxonasiga olib borishgan, biroq bola bir necha kun o‘tib vafot etgan. Marhumni operatsiya qilgan shifokorlarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bola oilasining advokati Damir Xamitov ma’lumotni tasdiqlagan.

Komissiya diagnostika va davolashning klinik protokollarida tibbiy xato, yirik jarrohlik amaliyotiga yetarli tayyorgarlik ko‘rilmaganini aniqlagan. Bu esa sepsis va DVS-sindromi bilan kechuvchi septik shok, o‘tkir respirator distress sindromi, bosh miya shishining rivojlanishiga olib kelgan. 20-sentyabr kuni jinoyat ishi Qo‘stanaydagi Shimoliy politsiya bo‘limida tergov ishlari reyestriga kiritilgan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_moObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar