Daryo

Qozog‘iston mudofaa xarajatlarini 1,3 mlrd dollarga oshiradi

Deputat bu mablag‘lar “prognoz qilinayotgan urush”ga tayyorgarlik uchun yetarli emasligini aytmoqda

1 daqiqa o‘qish12 556 ko‘rishlar0 izoh0

Qozog‘iston mudofaa xarajatlari 2025-yilga kelib 666 milliard tengega (1,3 mlrd dollar) yoki YIMning 0,68 foiziga yetishi kutilmoqda. Bu haqda mamlakat Moliya vazirligiga tayanib, “Kursiv” xabar berdi.

Foto: Tengrinews

Biroq deputat Yermurat Bapi bu mablag‘ armiyaning jangovar tayyorgarligini oshirish va mamlakatni “prognoz qilinayotgan urush”ga tayyorlash uchun yetarli emasligini aytmoqda. Uch yillik byudjet loyihasi taqdimotida deputat Mudofaa vazirligi byudjetini yalpi ichki mahsulotning 1 foizigacha oshirishni talab qildi.

U buni mintaqada geosiyosiy xatarlar ortib borayotgani bilan asosladi. Xususan, noma’lum ekspertlarning 2030-yilga borib global mojaro bo‘lishi mumkinligi haqidagi prognozlariga ishora qildi.

Agar bizning mudofaa xarajatlarimizga Ukrainada sodir bo‘layotgan voqealar nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak, ajratilgan mablag‘lar juda kam. Mudofaaga yalpi ichki mahsulotning atigi 0,4 foizi (2025-yil uchun) ajratiladi. Bunday hisob-kitoblar qayoqdan kelib qoldi?, dedi deputat.

Unga mudofaa vaziri o‘rinbosari Asker Beysenov javob qaytardi. U YIMning 0,44 foizi Mudofaa vazirligi byudjeti, 0,24 foizi esa davlat mudofaa buyurtmasi ekanini tushuntirdi. Natijada 2025-yilga kelib, vazirlik YIMga nisbatan 0,68 foizga teng bo‘lgan mablag‘ oladi.

Moliya vaziri o‘rinbosari Abzal Beysenbekulining so‘zlariga ko‘ra, kelgusi yilda mudofaa vazirligi xarajatlari qariyb 100 milliard tengega oshadi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_moObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar