Daryo

Shahram G‘iyosov Terens Krouford bilan ehtimoliy jang haqida gapirdi 

“Kanelo bilan juda qiziqarli jang bo‘lishi mumkin”, — deydi o‘zbekistonlik bokschi

1 daqiqa o‘qish64 348 ko‘rishlar0 izoh0

Yarim o‘rta vazn toifasida o‘zbekistonlik professional bokschi, WBA kamari uchun majburiy da’vogar bo‘lib turgan Shahram G‘iyosov o‘z vazn toifasidagi sobiq chempioni Terens Krouford haqida gapirdi.

Foto: Getty Images

“Hech narsa deb bo‘lmaydi. Agar men jahon chempioni bo‘lsam, u esa yana bizning vaznga qaytsa, jang qilishimiz mumkin.

Kanelo bilan juda qiziqarli jang bo‘lishi mumkin. Lekin uning Saulga kuchi yetmaydi. Alvares juda ham baquvvat, Kroufordni Isroil (Madrimov) qiynadi, Kanelo Isroildan ham kuchli”, — dedi G‘iyosov.

Eslatib o‘tamiz, 4 avgust kuni Krouford super yarim o‘rta vaznda WBA kamari sohibi, o‘zbekistonlik Isroil Madrimov bilan jang qilib, ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozongan edi.

Shahram G‘iyosov esa 1-avgust sanasida so‘nggi jangini o‘tkazgan edi. Los-Anjelesda bo‘lib o‘tgan boks oqshomida Shahram Migel Perrani ochkolar hisobiga mag‘lub etgandi. 

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar