Daryo

Shahram G‘iyosov Isroil Madrimovning jangi haqida fikr bildirdi

Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik sportchi Kroufordga ochkolar hisobida mag‘lub bo‘lgan edi

1 daqiqa o‘qish44 820 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonlik professional bokschi yarim o‘rta vazn toifasida WBA kamari uchun majburiy da’vogar, Olimpiada kumush medali sohibi Shahram G‘iyosov super yarim o‘rta vazn sobiq chempioni Isroil Madrimovning amerikalik Terens Krouford bilan jangi haqida fikr bildirdi.

Foto: Getty Images

“Hech kim kutmagan edi. Faqat biz kutgan edik va ishonar edik. P4P yetakchisi bilan tengma-teng jang qilib berish hammaga ham emas. Krouford 5—6 yildan buyon hech kimni ochkolar hisob-kitobigacha olib bormayotgan edi. Hammani nokaut qilib yutgan. Nokaut u yoqda tursin, maza qilib ham yuta olmadi-ku Isroilni. Munosib qarshilik qilib, munosib jang qilib berdi Isroil. Juda chiroyli jang qilib berdi”, dedi G‘iyosov.

Ma’lumot uchun, Shahram G‘iyosovning o‘zi mazkur jangning anderkardida ringga chiqib, meksikalik Migel Parrani ochkolar hisobiga mag‘lub etgan edi. Los-Anjelesda bo‘lib o‘tgan jang 10 raund davom etdi. Unda Shahram Giyosov ochkolar hisobida raqibi ustidan g‘alaba qozondi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar