Daryo

Shahram G‘iyosov navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi 

Ushbu jang Los-Anjelesda bo‘lib o‘tdi

1 daqiqa o‘qish46 472 ko‘rishlar0 izoh0

Professional boksda mag‘lubiyatsiz harakat qilayotgan Shahram G‘iyosov bugun, 1-avgust kuni Migel Perraga qarshi jang qildi. Ushbu jang Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tdi. 

Foto: Getty Images

10 raund davom etgan jangda Shahram Giyosov ochkolar hisobida raqibi ustidan g‘alaba qozondi. Jang to‘liq o‘zbekistonlik bokschi ustunligida o‘tdi. Yakunda hakamlardan faqat bittasi Migel Perraning g‘alaba qozonganini e’tirof etdi. Qolgan ikki hakam Shahram G‘iyosov ustunligini qayd etdi.

Ma’lumot uchun, jang oldidan Isroil Madrimov va Kroufordning ko‘rgazmali mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Ushbu jang 3-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Shahram so‘nggi jangini fevral oyida Pablo Sezar Kanoga qarshi o‘tkazib, ochkolar evaziga g‘alaba qozongandi. Janggacha Shahram G‘iyosovning professional boksda 15 ta g‘alabasi mavjud edi, ular soni 16 taga yetdi.

Avvalroq o‘zbekistonlik bokschi Shahram G‘iyosov Madrimov—Krouford kardida jang qilishi mumkinligi xabar qilingan edi.

Jang 3-avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Hozirda ikki o‘zbekistonlik bokschi Amerikada mashg‘ulotlarda qatnashmoqda.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar