Daryo

Durov qanday jinoyatda ayblanayotgani ma’lum bo‘ldi  

Telegram asoschisi hozirda milliy kiberjinoyatchilik va firibgarlikka qarshi kurash boshqarmasi tomonidan tergov qilinmoqda

1 daqiqa o‘qish77 740 ko‘rishlar3 izoh0

Pavel Durov Telegram’da kiber va moliyaviy jinoyatlar masalalarida hamkorlik qilishdan bosh tortganlikda ayblanmoqda. Bu haqda Reuters Fransiya politsiyasi vakiliga tayanib xabar berdi.

Foto: CC BY 2.0 / TechCrunch

Huquqni muhofaza qilish organi xodimining so‘zlariga ko‘ra, Durov hozirda milliy kiberjinoyatchilik va firibgarlikka qarshi kurash boshqarmasi tomonidan tergov qilinmoqda. Messenjer asoschisi hamon hibsda saqlanmoqda.

Avvalroq Fransiya prezidenti Emmanuel Makron xavfsizlik kuchlari tomonidan Telegram asoschisini hibsga olish qarori siyosiy motivlar bilan bog‘liq emasligini ma’lum qilgandi. U ish bo‘yicha sud hukmini kutishga chaqirgan.

“Pavel Durov hibsga olinganidan keyin Fransiya haqidagi yolg‘on ma’lumotlarni o‘qiyapman. Fransiya so‘z va muloqot erkinligi, innovatsiyalar va tadbirkorlikka sodiqdir. Telegram rahbarining Fransiya hududida hibsga olinishi davom etayotgan sud tergovi doirasida amalga oshirildi”, deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Pavel Durov 24-avgust kuni Ozarbayjondan Parijga shaxsiy samolyotida borganda Le Burje aeroportida qo‘lga olingani xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar