Daryo

Promouter Eddi Hirn Parij Olimpiadasida porlagan o‘zbekistonlik bokschi bilan hamkorlik qilmoqchi 

Promouterning shartnoma imzolashni maqsad qilgan bokschilari orasida O‘zbekiston vakili ham bor

1 daqiqa o‘qish65 276 ko‘rishlar0 izoh0

Taniqli promouter Eddi Hirn (Matchroom Boxing) Parij Olimpiadasida ishtirok etgan bokschilarning 4-5 nafari bilan hamkorlik qilmoqchiligini ma’lum qildi.

Hirnni faqatgina g‘oliblar qiziqtirmayapti: “Shunday chempionlar bo‘ldiki, ular prof ringda samarali harakat qilishiga ishonch uyg‘ota olmadi. Va shunday bokschilar bo‘ldiki, turnir boshidayoq chiqib ketdi, lekin prof boksda ular natija ko‘rsata oladi”.

Promouter ko‘z ostiga olib qo‘ygan bokschilar nomini aytib o‘tdi.

Masalan, Matchroom direktori 1/8 finalda ishtirokini yakunlagan og‘ir vazn toifasi vakili Patrik Braunga qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, turnirda medalni qo‘lga kiritgan Omari Jons ham qiziqishlar doirasida.

Meksikalik Marko Verde ham Eddi Hirnning nazariga tushgan. Ro‘yxatda Keytlin Parker va Teremoana Teremoana ham bor.

5 ta oltin medalni qo‘lga kiritigan O‘zbekiston vakillari Eddi Hirnda iliq taassurot qoldirgan. Eddi birinchi o‘rta vazn toifasi vakili Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev bilan shartnoma imzolashni istamoqda.

Eslatib o‘tamiz, -71 kg vazn toifasida harakat qiladigan Asadxo‘ja Parij Olimpiadasida meksikalik Marko Alonso Verdeni taslim etib, oltin medalga ega chiqqan edi.

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar