Daryo

Bahodir Jalolov keyingi Olimpiadada uning o‘rnini kim egallashini aytdi

Super og‘ir vazn toifasida jang qiluvchi bokschi Olimpiada yakunida havaskor boksdan ketganini e’lon qilgan edi

1 daqiqa o‘qish192 258 ko‘rishlar0 izoh0

Ikki karra Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Bahodir Jalolov Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgach, havaskor boksdagi faoliyati yakuniga yetganini aytdi. Bundan tashqari, sportchi endilikda uning vaznida kim musobaqalarda ishtirok etishini ma’lum qildi.

Foto: Getty Images
“Orqamizda yosh ukalarimiz, xususan Jahongir ukamiz bor, (Jahongir Zokirov) unga omad tilaymiz. Ukamizga o‘zimiz ko‘p narsani o‘rgatib, qo‘llab-quvvatlab turibmiz. Keyingi Olimpiadada u chempion bo‘ladi, deb o‘ylayman. Biz endi og‘ir vaznni hech kimga bermasligimiz kerak”, dedi Jalolov.

O‘zbek bokschisi Bahodir Jalolov Olimpiadada hech kim uddalamagan ishni bajardi. Ungacha hech kim super og‘ir vazn toifasida ikki bor Olimpiada oltin medalini qo‘lga kiritmagan.

Foto: “Olamsport”

14-aprel kuni “Humo Arena”da IBA’ning “Chempionlar oqshomi” turniri bo‘lib o‘tdi. Ushbu boks kechasida Bahodir Jalolov ham qatnashishi kerak edi. Ammo sportchining jarohati borligi sabab uning o‘rnini Jahongir Zokirov egalladi. Xorvatiyalik Smakichi Agronga qarshi jang qilgan yosh o‘zbek sportchisi ochkolar evaziga raqibini mag‘lubiyatga uchratgan edi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar