• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev quruvchilarga bayram tabrigi yo‘lladi

    Shavkat Mirziyoyev Quruvchilar kuni munosabati bilan ularga bayram tabrigi yo‘lladi.

    “Avvalo, o‘z hayotini dunyodagi eng sharafli kasblardan biri bo‘lgan qurilish sohasiga bag‘ishlagan siz, azizlarni qutlug‘ kasb bayramingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etib, barchangizga o‘zimning chuqur hurmatim va ezgu tilaklarimni izhor etaman.

    Hech shubhasiz, bugun biz ko‘p millatli xalqimiz bilan birgalikda barpo etayotgan Yangi O‘zbekistonda yuz berayotgan eng muhim o‘zgarishlar haqida so‘z yuritganda, barcha mintaqa va hududlarimizni qamrab olgan keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari haqida alohida fikr yuritishimiz tabiiydir.

    Chindan ham, so‘nggi yillarda yurtimiz ulkan qurilish va bunyodkorlik mamlakatiga aylandi. Xalqimizning ko‘z o‘ngida qad rostlayotgan zamonaviy turar joylar, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish majmualari, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l va transport tarmoqlari, ta’lim-tarbiya, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport muassasalari, bog‘ va xiyobonlar, obod shahar va qishloqlarimiz qiyofasida sizlarning beqiyos kuch-g‘ayratingiz, yuksak salohiyat va mahoratingiz mujassam ekanini e’tirof etgan holda, barchangizni yangi hayot bunyodkorlari deya e’zozlab, fidokorona mehnatingiz uchun chin dildan tashakkur bildiramiz.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Qadrli bunyodkorlar!

    Ma’lumki, hozirgi kunda qurilish sohasi mamlakatimiz iqtisodiyotining tayanch tarmoqlaridan biriga aylanmoqda. Joriy yilning birinchi yarmida qurilish ishlari hajmi 2023-yilga nisbatan 10 foizdan ziyod ortib, salkam 80 trillion so‘mga yetgani, sohaning yalpi ichki mahsulotimizdagi ulushi 6 foizdan  ko‘proqni tashkil etayotgani buning yaqqol tasdig‘idir.

    Eng asosiysi, barcha sohalar qatori qurilish tarmog‘idagi ulkan ishlarimiz ham inson qadrini ulug‘lash, uning hayotiy manfaatlarini ta’minlashga qaratilmoqda. O‘tgan yili birgina investitsiya dasturi doirasida 2 ming 526 ta ijtimoiy va infratuzilma obyektlarida qurilish va rekonstruksiya ishlari bajarilgani, “Tashabbusli budjet” tizimi asosida mahallalarimizdagi 4 mingdan ortiq obyektda 4,5 trillion so‘mlik qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgani ham shundan dalolat beradi.

    Ayniqsa, keyingi yillarda xalqimiz uchun zamonaviy uy-joylar barpo etish bo‘yicha misli ko‘rilmagan natijalar qo‘lga kiritilayotganini ta’kidlash lozim. Oxirgi yetti yarim yilda jami 412 mingta kvartiradan iborat yoki 26 million kvadrat metrlik qariyb 10 mingta uy-joylar barpo etilgani misolida bunga to‘la ishonch hosil qilish mumkin.

    Bu ishlarimizning davomi sifatida joriy yilda 52 ta hududda “Yangi O‘zbekiston” massivlari bunyod etilmoqda. “Yangi Toshkent” va Olimpiya shaharchasi kabi mega obyektlarimizda ham bunyodkorlik ishlari yuqori sur’atlar bilan olib borilmoqda. Sohada “yashil” standartlar, energiyani tejaydigan yangi texnologiyalar, “aqlli shahar”, “aqlli uy” tamoyillari faol qo‘llanmoqda.

    Qurilish sohasida birinchi marta yuqori malakali kadrlar, mustahkam materiallar, mashina va mexanizmlar bazasi hamda mezonlarni o‘zida ifoda etadigan resurslar milliy klassifikatori shakllandi, mutaxassislarni sertifikatlash tizimi joriy qilinib, Kompetensiyani rivojlantirish instituti tashkil etildi.

    Hurmatli bayram ishtirokchilari!

    Qurilish sohasini bugungi shiddatli zamon talablariga mos holda rivojlantirish, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishda jamoatchilik fikrini o‘rganish va ularning ijrosi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini o‘rnatish bugungi kunda g‘oyat dolzarb ahamiyatga ega.

    Shuningdek, loyiha tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish, qurilish materiallari bozorini tartibga solish, raqamlashtirish ishlarini chuqurlashtirish, bino va inshootlarda qulay va ekologik xavfsiz yashash sharoitlarini yaratish, energiya samaradorligini oshirish, qurilish ishlari jarayonida xavfsizlik va ta’sirchan nazoratni ta’minlash bo‘yicha oldimizda katta vazifalar turganini siz — sohada katta bilim va tajribaga ega bo‘lgan ishchi va quruvchi, me’mor va muhandislar, olim va mutaxassislar yaxshi bilasiz.

    Ishonchim komil, sizlar ana shunday murakkab va mas’uliyatli vazifalarni muvaffaqiyatli ado etishda yanada jonbozlik ko‘rsatib, qurilish sohasi ravnaqini yangi bosqichga olib chiqasizlar.

    Albatta, soha vakillarining mashaqqatli mehnatini rag‘batlantirish, ish va turmush sharoitlarini yaxshilash masalalariga biz bundan buyon ham ustuvor ahamiyat qaratamiz.

    Siz, azizlarni kasb bayramingiz bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, tuganmas kuch-g‘ayrat, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik va fayz-u baraka tilayman.

    Jonajon Vatanimizni har tomonlama go‘zal va obod etishda sizlarga yangi zafar va omadlar yor bo‘lsin!”

    Shavkat Mirziyoyev,
    O‘zbekiston Respublikasi prezidenti  

    10.08.2024, 15:50   Izoh (0)   15662
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Andijonda noqonuniy dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanganlarga hukm o‘qildi 

    10.08.2024, 11:35

    “Daryo” dayjesti: 9-avgustning eng muhim xabarlari 

    09.08.2024, 23:04

    O‘zbekiston TIVga Yaponiya elchisi Xatori Takashi tashrif buyurdi 

    09.08.2024, 20:33

    Shavkat Mirziyoyev Olimpiada chempionlari Ulug‘bek Rashitov va Hasanboy Do‘smatov bilan telefon orqali muloqot qildi 

    09.08.2024, 20:30

    Maktab bozori arzonmi yoki qimmat? Ota-onalar nimadan norozi?

    09.08.2024, 19:30

    Toshkentda MIB xodimiga pichoq bilan tahdid qilingani yuzasidan izoh berildi 

    09.08.2024, 19:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda “otpuska”dagi o‘qituvchilar maktab taʼmirlayotgani aytilmoqda

    O‘zbekiston | 2 avgust, 20:44

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Rekord sarmoyalar: gigant texnologik kompaniyalar 2025-yilda sun’iy intellekt uchun 115 mlrd dollar sarfladi

    Dunyo | 2 avgust, 20:40

    Tramp tahdidlariga qaramay Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishda davom etadi — hind rasmiylari

    Dunyo | 2 avgust, 20:10

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50

    O‘zbekistonda har beshta sud qaroridan bittasi ijro etilmagani aytildi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 19:38

    “Garovga olinganlar ozod qilinmasa, G‘azoda janglar tinmaydi” — Isroil bosh qo‘mondoni

    Dunyo | 2 avgust, 19:20

    “Manchester Siti” futbolchisi “Galatasaroy”ga o‘tadigan bo‘ldi

    Sport | 2 avgust, 18:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.