Daryo

Hasanboy Do‘stmatovga yutqazgan Saken Bibossinov qozog‘istonliklarga murojaat qildi

Chorak finalda o‘zbek bokschisi qozog‘istonlik raqibini musobaqadan chiqarib yuborgan edi

1 daqiqa o‘qish96 670 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Sports”

“Hurmatli qozoq xalqi!
Tokio Olimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritganimda, Parij Olimpiadasiga qaytib, oltin medalni qo‘lga kiritaman va maqsadimga erishaman, deb o‘ylab, shu yerga keldim. Men bu Olimpiadani intiqlik bilan kutgandim. Men o‘z mamlakatimga “oltin” olib kelmoqchi edim. Ko‘k bayrog‘imiz hilpirab, madhiyamiz yangrashini xohlagandim. Hammasi biz xohlagandek bo‘lmadi. Menimcha, men yaxshi jismoniy formada edim. Menga bir oz omad yetishmadi, shekilli. Ammo, Xudoga shukur, qozoq xalqi sharafini himoya qilish baxtiga muyassar bo‘ldim.

Meni g‘alaba va mag‘lubiyatlarda qo‘llab-quvvatlagan barchangizga rahmat aytaman. Yaxshi so‘zlaringiz uchun rahmat!”, deb yozdi Saken o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Vazni 51 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi musobaqaning chorak finalida o‘zbekistonlik Olimpiada chempioni Hasanboy Do‘stmatov Saken Bibossinovni mag‘lubiyatga uchratgan edi.

Yarim finalda Rio Olimpiadasi chempioni Kabo-Verde vakili David de Pinani mag‘lubiyatga uchratib Olimpiada finaliga yo‘l oldi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar