Daryo

Terens Krouford Isroil Madrimov uni qanday hayratda qoldirganini aytdi

O‘zbekistonlik bokschi ochkolar evaziga Kroufordga mag‘lub bo‘lgan edi

1 daqiqa o‘qish78 757 ko‘rishlar0 izoh0

WBA yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta vazn toifasi chempioni Terens Krouford O‘zbekiston vakili Isroil Madrimov uni qanday hayratda qoldira olgani haqida so‘zladi, deb yozdi “Fightnews.info”.

Foto: Getty Images

“Men tinim bilmay unga yaqinlashdim. Menimcha, “jeb” zarbasi uni butun jang davomida bezovta qildi, biroq Madrimovning o‘ng qo‘li bilan bergan zarbalari aniq bo‘ldi va hakamlar ham buni inobatga oldi.

Biz bu yigitning yaxshi harakat qilishini va shu bilan birga kuchli va chidamli ekanligini bilardik. Meni hayratda qoldirgan uning sabri bo‘ldi. U haqiqatan ham juda sabrli edi. Buning hayron qoladigan joyi yo‘q. U 10 ta professional jang o‘tkazgan bo‘lsa-da, 300 dan ortiq havaskor jang o‘tkazgan. U qanday kurashishni biladi va xatolardan unumli foydalanadi”, dedi Krouford.

Ma’lumot uchun, Isroil Madrimov ochkolar evaziga (116-112, 115-113, 115-113) Terens Kroufordga mag‘lub bo‘ldi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar