Daryo

Isroil Madrimov: Revansh istayman. Men bugun g‘alaba qozondim deb o‘ylayman

Madrimov Terens Kroufordga qarshi jang natijasidan norozi va revansh jangida ishtirok etmoqchi

1 daqiqa o‘qish76 008 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston vaqti bilan 4-avgust tongida AQSHning Los-Anjeles shahrida katta professional boks oqshomi tashkil etildi.

Foto: Getty Images

Ushbu oqshomning markaziy jangida Isroil Madrimov hamda amerikalik Terens Krouford birinchi o‘rta vazn toifasida WBA kamari uchun to‘qnash keldi. Krouford yakunda ochkolar evaziga g‘alaba qozondi.

Madrimov ushbu jangdan so‘ng revansh talab qilishini ma’lum qildi.

“U deyarli barcha janglarni nokaut bilan yutgan. Men oxirigacha munosib jang qildim va g‘alaba qozondim deb o‘ylayman.

Men revansh istayman. Janob Turki al Sheyxdan revansh tashkil etishni so‘rayman. Men jangni nazorat qildim va buni barcha ko‘rdi. Bundan buyon ham shu tempda ishtirok etishga harakat qilaman.

To‘g‘ri, Terens dunyoning eng zo‘r bokschisi. Men esa 10 ta jang o‘tkazganman. Lekin munosib jang qildim deb o‘ylayman. Meni qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat. Inshaalloh yanada kuchli bo‘lib qaytaman”, — deydi Isroil.

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar