Qozog‘istonda 5-avgust kuni “Zakovat” intellektual o‘yinining katta chempionati bo‘lib o‘tadi. Prezident Administratsiyasi Axborot siyosati departamenti rahbari Komil Allamjonov ushbu chempionat xususida fikr bildirdi.
Uning yozishicha, ushbu chempionat mintaqada taʼlimni qo‘llab-quvvatlashga, rivojlantirishga qaratilgan juda katta, muhim voqea bo‘ladi.
“Ishonchimiz komilki, katta muvaffaqiyatlarga erishish uchun, har qanday to‘siqlarni yengib o‘ta olish uchun faqat va faqat ilm va taʼlim kerak.
Ilm – shunchaki faktlar, maʼlumotlar to‘plami emas. Ilm – yangi imkoniyatlarning, ijodiy fikrlashning, har bir insondagi salohiyatni yuzaga chiqarishning kalitidir. Bilim va ko‘nikmalarimiz qanchalik ko‘p bo‘lsa, tinimsiz o‘zgarib turgan bu dunyoda shunchalik dadil qadam tashlay olamiz. Inson aynan ilmu hikmat tufayli kuchliroq, aqlliroq bo‘lib boradi.
Barchani bu muhim tadbirga qo‘shilib, chempionat ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlashga chaqiramiz. Bilimlarimiz taraqqiyotning, farovon kelajakning bosh omili bo‘lsin!
Keling, ilm cho‘qqilarini birgalikda zabt etib, bir-birimizni yangi marralarga ilhomlantiraylik!”, deydi Komil Allamjonov.
Izoh (0)