Daryo

Parij—2024. Murodjon Yo‘ldoshev chorak finalga o‘ta olmadi va musobaqa bilan xayrlashdi

Dzyudochi shidolar bo‘yicha raqibiga imkoniyatni boy berdi

1 daqiqa o‘qish11 738 ko‘rishlar0 izoh0

Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada o‘yinlari davom etadi. Bugun, 29-iyul kuni dzyudo bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi musobaqaning ikkinchi bosqich bahslari bo‘lib o‘tdi.

Foto: Judo

O‘zbekistonlik Murodjon Yo‘ldoshev (-73 kg) mazkur Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini yakunladi. Moldovalik Adil Osmanovga qarshi bahsda Yo‘ldoshev shidolar bo‘yicha imkoniyatni boy berdi.

U dastlabki bosqichda qozog‘iston vakili Daniyar Shamshayevga qarshi bahsda g‘alaba qozongan edi.

Murodjon Yo‘ldoshev 1995-yil 9-avgust kuni O‘zbekistonda tug‘ilgan. 2023-yil Qatarda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritgan.

 

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar