Daryo

AQSH Maxfiy xizmati rahbari iste’foga chiqdi

Avvalroq Kimberli Chitl AQSH prezidentligiga nomzod Donald Trampga suiqasd voqeasi Maxfiy xizmat uchun katta muvaffaqiyatsizlik ekanini tan olgandi

1 daqiqa o‘qish11 172 ko‘rishlar0 izoh0

AQSH Maxfiy xizmati rahbari Kimberli Chitl o‘z agentligi AQSH prezidentligiga nomzod Donald Trampga suiqasdning oldini ololmagani uchun iste’foga chiqdi.

Bu haqda CNBC telekanali ma’lum qildi.

Foto: Google Images

Avvalroq Chitl Vakillar palatasining Nazorat va javobgarlik qo'mitasidagi tinglovda suiqasd urinish Maxfiy xizmat tomonidan "katta muvaffaqiyatsizlik" ekanligini va uning oldini olish mumkin bo‘lganini tan oldi. Sud majlisida qatnashgan bir qator qonunchilik vakillari Chitlni o'z lavozimidan iste'foga chiqishga ochiqchasiga chaqirishdi.

Eslatib o‘tamiz, Trampning hayotiga suiqasd 13-iyul kuni Pensilvaniyada saylovchilar oldidagi nutqi vaqtida sodir bo‘lgan. Keyinroq Maxfiy xizmat 20 yoshli Tomas Metyu Kruks ekanligi aniqlangan gumonlanuvchini o‘ldirganini ma’lum qildi.

Hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, kamida ikki kishi yaralandi.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar