Daryo

Videobloger Jeyk Pol boks qoidalari bo‘yicha kechgan jangda Mayk Perrini nokautga uchratdi (video)

Jeyk prof boksdagi g‘alabalari sonini 10 taga yetkazdi

1 daqiqa o‘qish15 128 ko‘rishlar0 izoh0

Taniqli videobloger-bokschi Jeyk Pol biroz avval yakuniga yetgan jangda navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. 

Foto: Getty Images

Jeyk AQSHning Florida shtatida Tampa shahridagi Amali-Arena’da o‘tgan prof boks oqshomining markaziy jangida sobiq UFC jangchisi, qo‘lqopli janglar yulduzi Mayk Perriga qarshi ringga ko‘tarildi.

Jangning oltinchi raundida Pol nomdor raqibini nokautga uchratdi.

Shu tariqa, Jeyk Polning prof boksdagi g‘alabalari soni 10 taga yetdi, hisobida 1 ta mag‘lubiyat ham bor. Aslida Pol ushbu oqshomda afsonaviy Mayk Taysonga qarshi jang qilishi lozim edi. Ammo Maykning sog‘lig‘idagi muammo sabab ushbu jang kechroq muddatga qoldirilgan.

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar