Ivan Rakitich erkin agent sifatida “Hayduk” safiga borib qo‘shildi.
36 yoshli futbolchi Split klubi bilan 2025-yil iyun oyiga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Shuningdek, bitimda uni bir yilga uzaytirish bandi ham mavjud.
Xorvatiyalik futbolchining so‘nggi klubi Saudiyaning “Ash-Shabob” klubi edi. Ivan Saudiya klubi muxlislariga minnatdorlik xabarini ham yubordi.
Ivan Rakitich faoliyati davomida “Bazel”, “Sevilya”, “Barselona”, “Shalke” kabi jamoalar sharafini ham himoya qilgan.
Xorvatiya klubining bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo hisoblanadi. Rakitichdan tashqari klubga 35 yoshli vinger Ivan Perishich ham o‘tgan. Nikola Kalinich esa klubning sport direktori lavozimida faoliyat olib bormoqda.
Izoh (0)