Daryo

Super og‘ir vaznda sobiq jahon chempioni Endi Ruis Krouford—Madrimov jangiga taxmin bildirdi 

Ruisning o‘zi ham 3-avgust oqshomida o‘z jangini o‘tkazadi

1 daqiqa o‘qish101 318 ko‘rishlar0 izoh0

Super og‘ir vaznda sobiq jahon chempioni Endi Ruis Terens Krouford va super yarim o‘rta vaznda WBA chempioni Isroil Madrimov o‘rtasidagi chempionlik jangi haqida gapirdi.

“Menimcha, Terens g‘alaba qozonadi. U ancha tajribali va mahoratli jangchi. Hozir u yuqorida. Nazarimda, u Madrimovni noto‘g‘ri baholaydi.

Raqiblarini tushunish uchun unga biroz vaqt kerak bo‘ladi, lekin keyin ularni Jervonta Devis kabi nokautga uchratadi. U juda aqlli”, — dedi Ruis. 

Ma’lumot uchun, Madrimov — Krouford jangi 3 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Ruisning o‘zi ham ushbu kardda ringga chiqadi va Jarrel Millerga qarshi jang qiladi.

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar