Angliya futbol assotsiatsiyasi bosh murabbiy Garet Sautgeytni saqlab qolish niyatida.
The Times nashrining xabar berishicha, Yevro—2024 finalida kim g‘alaba qozonishidan qat’i nazar, assotsiatsiya rasmiylari 53 yoshli mutaxassisni bosh murabbiy sifatida olib qolishga harakat qiladi.
Turnir yakunlangach mutasaddilar Sautgeyt bilan joriy yil yakuniga yetadigan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib boradi.
Sautgeyt 2016-yildan buyon milliy jamoani boshqaradi. Uning boshchiligida inglizlar bundan avvalgi Yevro—2020 musobaqasida ham finalga yo‘l olgan edi.
Yevropa chempionati finali 14-iyulga belgilangan. Angliya Berlinda Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi.
Izoh (0)