Daryo

Bahodir Jalolov Oleksandr Usikni yenga oladimi? Qozog‘istonlik boks afsonasi javob berdi

O‘zbekistonlik bokschi Parij Olimpiadasi qatnashchisi hisoblanadi

1 daqiqa o‘qish151 380 ko‘rishlar0 izoh0

1996-yilda Atlantada bo‘lib o‘tgan Olimpiada chempioni Vasiliy Jirov “Sports.kz” nashri bilan bo‘lgan suhbatda Bahodir Jalolovning kuchliligi, u professional sifatida nimalarga qodirligi va Oleksandr Usikni mag‘lub etish imkoniyati bor-yo‘qligi haqida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.

Foto: Instagram
“Jalolov shunchaki ringda o‘ynaydi, aynan shuning uchun ham g‘alaba qozonadi. U professional boksda ham yaxshi istiqbolga ega. Unda Usikni mag‘lub etish imkoniyati bor. Buning uchun u faqat o‘ziga ishonishi kerak”, — dedi mashhur sportchi.

Ma’lumot uchun, 2023-yilda o‘zbekistonlik bokschi Oleksandr Usik bilan uchrashgan edi.

“Butun O‘zbekiston ushbu jangni kutayotganini bilaman, agar hammasi menga bog‘liq bo‘lganida, ertagayoq ringga ko‘tarilardim. Biz butun dunyoga klassik boksni namoyish etardik. Senga omad, chempion”, — deb yozgan edi Bahodir o‘z X (sobiq Twitter) sahifasida. 

Ma’lumot uchun, 29 yoshli Jalolov 2020-yili Tokio (Yaponiya)da bo‘lib o‘tgan Olimpiada chempioni hisoblanadi. O‘zbekistonlik bokschi 2019 va 2023-yillarda Jahon chempioni bo‘lgan. Bundan tashqari, Bahodir 2022-yilgi Osiyo o‘yinlari va uch bora Osiyo chempioni bo‘ldi. Jalolov professional ringda 14 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida muddatidan avval g‘alaba qozongan. 

Bahodir Jalolov Parij Olimpiadasi qatnashchisi ham hisoblanadi. Musobaqaning boks bo‘yicha bahslari 27-iyuldan 10-avgustga qadar bo‘lib o‘tadi.

Vasiliy Jirov Olimpiadadagi oltindan tashqari, bokschi ikki karra jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni va sovrindori, havaskorlar o‘rtasida Osiyo o‘yinlari sovrindori, professional boks bo‘yicha IBF yo‘nalishida jahon chempioni hisoblanadi. U professional boksning asosiy yo‘nalishlaridan birida chempionlik unvonini qo‘lga kiritgan birinchi qozoq bokschisi hamdir.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar