Daryo

Isroil Madrimov: Barcha menda tajriba yetishmasligi haqida gapirmoqda, lekin Krouford mening vaznimga ko‘tarilmoqda

O‘zbekistonlik bokschi Terens Kroufordga qarshi jang haqida fikr bildirdi

1 daqiqa o‘qish53 376 ko‘rishlar0 izoh0

Super yarim o‘rta vazn toifasida WBA kamari sohibi Isroil Madrimov 3-avgust kuni Terens Kroufordga qarshi jang qiladi.

Madrimov yana bir bor bo‘lajak jang haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi: 

“Krouford ajoyib jangchi. Umuman olganda, unda barcha narsa bor, ammo bu mening divizionim.

Havaskorlarda men bundan ham yuqori vaznlarda jang qilganman, masalan 165 funtda. Havaskorda 330 ta jangim bor. Professionalga o‘tganimdan beri 154 funtda jang qilaman. 

Barcha menda tajriba yetishmasligi haqida gapirmoqda, chunki men prof ringda 11 ta jang o‘tkazganman. Ammo bu mening divizionim. Raqibim mening vaznimga ko‘tarilmoqda. Men Kroufordning mahorati haqida bilaman. Lekin men vaqtim kelayotganini ham his qilyapman”, — dedi Madrimov.

Eslatib o‘tamiz, Madrimov - Krouford chempionlik jangi 3 avgust kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadi.

Amerikalik bokschi professional ringda o‘tkazgan 40 ta jangining barchasida g‘alaba qozongan. G‘alabalarining 31 tasiga nokaut orqali erishgan.

Madrimov esa 8-mart oqshomida Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida rossiyalik Magomed Kurbanovni 5-raundda nokautga uchratib, WBA kamarini qo‘lga kiritgandi.

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar