Daryo

Putin Shimoliy Koreya bilan strategik hamkorlik kelishuvi tafsilotlarini oshkor qildi 

Rossiya rahbari kelishuv vaqtida NATO Ukrainaga o‘z qurollaridan zarba berishga ruxsat berganini eslab, bu qabul qilib bo‘lmaydigan qadam ekanini ta’kidladi

1 daqiqa o‘qish15 740 ko‘rishlar0 izoh0

Rossiya va KXDR o‘rtasidagi strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma har ikki davlatlardan biriga hujum qilingan taqdirda yordam ko‘rsatishni nazarda tutadi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin  ma’lum qildi.

Foto: “RIA Novosti”
Bugun imzolangan keng qamrovli sheriklik to‘g‘risidagi bitim ushbu kelishuv taraflaridan biriga tajovuz sodir bo‘lgan taqdirda o‘zaro yordam ko‘rsatishni nazarda tutadi, — dedi Rossiya rahbari.

Putin, shuningdek, kelishuv imzolanishi kontekstida NATOning bir qator davlatlari tomonidan Ukraina armiyasiga uzoq masofali qurollar bilan zarba berishga ruxsat berilganini eslatdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, bu G‘arb tomonidan qabul qilib bo‘lmaydigan qadamdir.

Avvalroq Putin va Kim Chen In Pxenyandagi muzokaralar chog‘ida keng qamrovli strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitimni imzolagan edi. Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov hamkorlikni mustahkamlashdan maqsad Shimoliy-Sharqiy Osiyo mintaqasida barqarorlikni taʼminlash ekanini ta’kidlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar