Daryo

Eminem Madrimov—Krouford oqshomining maxsus mehmoni bo‘ladi 

Reper asosiy jang oldidan bir nechta qo‘shig‘ini ijro etadi

1 daqiqa o‘qish21 918 ko‘rishlar0 izoh0

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Los-Anjeles shahrida 3-avgust kuni professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi.

Musobaqaning asosiy jangi WBA yo‘nalishida jahon chempioni Isroil Madrimov va mag‘lubiyatsiz seriya namoyish etayotgan Terens Krouford o‘rtasida kechadi.

Riyadh Season rahbari Turki al ash-Sheyxning ma’lum qilishicha, reper Eminem turnirning maxsus mehmoni bo‘ladi. Reper asosiy jang oldidan o‘zining bir necha qo‘shiqlarini ijro etadi.

Eminem Kroufordning do‘sti hisoblanadi. Terens o‘tgan yili Errol Spensga qarshi o‘tkazgan chempionlik jangida aynan Eminemning qo‘shig‘i ostida ringga chiqqan edi.

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar