• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Toshkent sh.

    “Dastlab 7,5 mlrd so‘m, keyin oyiga har bir jabrlanuvchiga 25 va 50 mln so‘mdan”. Sardor Kariyevning onasi jabrlanuvchilarga qay tartibda tovon puli to‘lamoqchi?

    O‘zbekistondagi yirik mahalliy ishlab chiqaruvchi korxona Jurabek laboratories ta’sischisi, Sardor Kariyevning onasi Munira Kariyeva O‘zbekistonda eng kamida 68 nafar bolaning o‘limi va 16 nafar bolaning nogiron bo‘lib qolishiga olib kelgan “Dok-1 Maks” jabrlanuvchilariga sud tomonidan belgilangan 75 milliard 756 million so‘m miqdoridagi ma’naviy zararni to‘lab berish taklifi bilan chiqqani haqida xabar berilgandi. Munira Kariyeva bu pullarni qay tartibda va qancha muddatda to‘lab bermoqchiligi ochiqlandi. Bu haqda “Daryo” jurnalisti xabar berdi. 

    Munira Kariyevning ishonchli vakillariga ko‘ra, Sardor Kariyevning onasi o‘g‘liga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo qo‘llansa, dastlabki to‘lov sifatida 7,5 milliard so‘m to‘lovni birdaniga amalga oshirishni rejalashtirgan. Shunda bu pullar 72 nafar jabrlanuvchiga birinchi oy uchun 100 million so‘mdan, 4 nafar jabrlanuvchiga 50 va 8 nafar jabrlanuvchiga 20 million so‘mdan tegadi. 

    Foto: “Daryo”

    Ikkinchi oydan boshlab jabrlanuvchilarning 72 nafariga har oyda 25 million so‘mdan, 4 nafariga 12,5 million so‘mdan, 8 nafariga esa 5 million so‘mdan to‘lab beriladi. So‘nggi 36-oyda esa 72 nafar jabrlanuvchining har biri 50 million so‘mdan, 4 nafari 25 million so‘mdan va qolgan 8 nafari 10 million so‘mdan pul oladi. Shunday qilib Kariyevning onasi 36 oyda dastlabki instansiya hukmida yozilgan 75 milliard 756 million so‘mlik tovon pulini qoplab beradi. Ona buning uchun o‘g‘liga tayinlangan 18 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘zgartirilib, unga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanishi lozimligini iltimos qilgan. Shuningdek, sudlov hay’ati ularga sud majlislari davomida qo‘shimcha majburiyat yuklasa, uni ham ko‘rib chiqishga tayyorligini ma’lum qilgan.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Sizdan iltimos, ushbu arizamda bildirgan fikrlarim apellyatsiya sudi jarayonida e’tiborga olinib, birinchi instansiya sudi hukmining o‘g‘lim — S.Kariyevga nisbatan jazo tayinlash qismi bekor qilinib, uning ozodlikka chiqarilishini va jabrlanganlarga to‘lanishi kerak bo‘lgan ma’naviy zarar pulini uch yil ichida bo‘lib-bo‘lib to‘lanishi bo‘yicha muddat belgilab berilishini so‘rayman, — deyilgandi Munira Kariyevaning sudga kiritgan arizasida.

    2022-yilning oktyabr, noyabr va dekabr oylarida bolalar shamollashiga qarshi qo‘llangan “Dok-1 Maks” va “Ambronol” siropi 2023-yilning yanvar oyida mamlakatda “Dok-1 Maks” fojiasi sifatida bo‘y ko‘rsatdi. Fojianing dastlabki qurbonlari haqida xabar bergan mas’ullar marhum bolalar soni 65 nafar ekanini ochiqlagan bo‘lsa, keyinchalik bu raqamlar 68 nafarga yetgani ma’lum bo‘ldi. 2022-yilning dekabr oyida tarmoqlarda Samarqand shahridagi dorixonalardan xarid qilingan “Dok-1 Maks” tabletka va sirop dori vositalarini qabul qilgan bemorlarda turli nojo‘ya ta’sirlar kuzatilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi ushbu vaziyatni darhol nazoratga oldi. Zaharli sirop haqida jamoatchilikka oshkor qilgan Samarqand viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh vrachining yozishicha, ikki oyda 21 kishi shu dori vositasi qabulidan so‘ng shikoyat qilgan. 17 nafar bolaning ahvoli o‘ta og‘ir bo‘lib, ularning 15 nafarida o‘lim holati kuzatilgan.

    2024-yilning 26-fevral kuni O‘zbekistonda 68 nafar bolaning o‘limi, 16 nafar bolaning nogiron bo‘lib qolishiga olib kelgan “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sudning yakuniy hukmi e’lon qilingandi. Hukmga ko‘ra, sudlanuvchilarning 7 nafari ozodlikdan mahrum qilingan bo‘lsa, 14 nafarining ozodligi cheklandi. Shuningdek, bir nafari axloq tuzatish ishlariga jalb etilishi belgilangan bo‘lsa, yana bir nafari 17 million so‘mlik jarimaga tortilgan. 68 nafar bolaning qonuniy vakillariga 6 nafar sudlanuvchi hisobidan solidar tartibda 1 milliard so‘mdan tovon puli undirilishini belgiladi. Og‘ir tan jarohati olib nogiron bo‘lib qolgan 16 nafar va yengil tan jarohati olgan jabrlanuvchilarning qonuniy vakillariga 500 million va 200 million so‘m miqdorida tovon puli undiriladigan bo‘lgandi.

    07.06.2024, 17:33   Izoh (0)   39336
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “OAVga rahmat, sudni to‘la-to‘kis, oydin yoritib berganingizdan minnatdorman” — “Dok-1 Maks” ishida aybdor ko‘rilayotgan Sardor Kariyev

    20.02.2024, 17:25

    Jurabek laboratories “Dok-1 Maks”dan jabrlanganlarga 75 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni 3 yil ichida to‘lab berishga tayyorligini bildirdi 

    13.05.2024, 15:11

    “Advokat keyingi sudga ham kelmasa, hindistonlik sudlanuvchiga davlat advokati beriladi”. “Dok-1 Maks” sudi majburiy tanaffus e’lon qildi 

    17.05.2024, 17:32

    O‘zbekistonda “Dok-1 Maks” ishlab chiqaruvchisiga ham jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, qidiruvda ekani ma’lum bo‘ldi

    20.05.2024, 16:40

    “Dok-1 Maks” ishini ko‘rayotgan apellyatsiya instansiyasi sudni prokurorsiz davom ettirdi. Bu jamoatchilikka ochiqlangach, prokuror sud zaliga qaytdi 

    21.05.2024, 16:25

    Gambiya hukumati “Dok-1 Maks” sabab 69 nafar bola vafot etgani uchun hindistonlik ishlab chiqaruvchilarni sudga bergani aytilmoqda

    21.05.2024, 17:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kanada AQSH tovarlariga javob bojlarini bekor qiladi

    Dunyo | 22 avgust, 22:20

    Ilon Mask Mark Sukerberg bilan OpenAI’ni sotib olishni muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi

    Dunyo | 22 avgust, 22:10

    Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevga tuya va bo‘taloq sovg‘a qildi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:51

    2,6 mlrd so‘mlik tovar kodlarini o‘zgartirib, bojxona to‘lovidan qochmoqchi bo‘lganlar aniqlandi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:48

    Qashqadaryodan Toshkentga olib ketilayotgan 600 kg yaroqsiz go‘sht savdoga chiqishining oldi olindi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:30

    Tramp Baydenni Ukrainaga Rossiyaga javob berishga imkon bermagani uchun tanqid qildi

    Dunyo | 22 avgust, 21:15

    O‘zbekistonda yangi o‘quv yili boshlanish sanasi maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:06

    Samarqandda tez yordamga yo‘l bermagan Spark haydovchisi javobgarlikka tortildi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:00

    Taxtda olib yurilgan murda: “Muhtasham yuz yil”da sulton Sulaymonning o‘limi haqidagi dahshatli haqiqat tushirib qoldirilgan

    Kino | 22 avgust, 20:49

    AQSH razvedkasida Rossiya bo‘yicha ishlovchi 36 nafar xodim maxfiy ma’lumotlarga kirish huquqidan mahrum qilindi

    Dunyo | 22 avgust, 20:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.