Daryo

O‘zbekiston boks termasi Olimpiadaga yo‘llanma olishda Osiyoda tengsiz jamoa bo‘ldi

Jamoa erkaklar vazn toifasida to‘liq tarkib bilan ishtirok etadi

1 daqiqa o‘qish43 133 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston boks terma jamoasi litsenziya jamg‘arishda Osiyoda tengsiz bo‘ldi.

26-iyuldan 11-avgustgacha Fransiyaning Parij shahrida Parij—2024 yozgi Olimpiyada o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Boks bo‘yicha ushbu musobaqaning barcha yo‘llanma beruvchi turnirlari yakunlandi va terma jamoalar qo‘lga kiritgan litsenziyalar aniq bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Parijga eng ko‘p yo‘llanma Okeaniya mintaqasidan Avstraliya davlati ega bo‘ldi.

Ular musobaqaga 12 vaznda bokschi bilan ishtirok etadigan bo‘lsa, ikkinchi o‘rinda O‘zbekiston boks milliy terma jamoasi turibdi. Terma jamoa 4-yillikning nufuzli turniriga 11 ta vazn toifasida ishtirok etadi. Ushbu natija bilan O‘zbekiston termasi Osiyo qitʼasida birinchilikni qayd etdi.

Foto: Uzbekistanboxing

Keyingi o‘rinlarda Braziliya, Irlandiya va Qozog‘istonlik bokschilar joy olgan. Ularda 10 tadan litsenziya bor.

Bundan tashqari, O‘zbekiston va qo‘shni Qozog‘iston terma jamoalari erkaklar vazn toifasida to‘liq tarkib bilan ishtirok etadi.

Ayollar o‘rtasida rekord Irlandiya va Avstraliyaga tegishli. Ular ham to‘liq tarkibda ayollar musobaqalarini boshlaydi.

Parij-2024 Olimpiyada o‘yinlarida qatnashadigan boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi bilan tanishing:

Erkaklar:

  • -51 kg: Hasanboy Do‘stmatov
  • -57 kg: Abdumalik Halokov 
  • -63,5 kg: Ruslan Abdullayev
  • -71 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev
  • -80 kg: To‘rabek Habibullayev
  • -92 kg: Lazizbek Mullajonov
  • +92 kg: Bahodir Jalolov

Ayollar: 

  • -50 kg: Sabina Boboqulova
  • -54 kg: Nigina O‘ktamova
  • -57 kg: Sitora Turdibekova
  • -66 kg: Navbahor Hamidova
Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar